Eron islom dunyosini Haniyaning oʻldirilishiga javobida oʻzini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi
Eron Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilgani uchun Isroilga javob qaytarishda islom davlatlaridan yordam kutmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bagheri Kani Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Hissayn Brahim Taha bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
Kanining aytishicha, Eron boshqa islomiy davlatlar Tehronning Haniyaga uyushtirilgan suiqasd uchun qasos olishga boʻlgan "qonuniy huquqi"ni qoʻllab-quvvatlashini kutmoqda.
“Islom mamlakatlaridan Eronning bu tajovuzga qonuniy va zaruriy javob berish boʻyicha ajralmas va qonuniy huquqini qoʻllab-quvvatlashi kutilmoqda, chunki Eronning harakatlari nafaqat oʻz suvereniteti va milliy xavfsizligini himoya qilish, balki butun mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʻʻminlashga qaratilgan”, - dedi u.
Ismoil Haniya Eronga tashrifi chogʻida 31 iyulʻ kuni boshqariladigan bombaning falastinlik siyosatchi istiqomat qilayotgan qarorgohga tushishi oqibatida halok boʻlgandi. U mamlakatga yangi prezident inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgandi.