08.08.2024 10:59

Marokashda Isroil elchixonasi qayta ochiladi

Isroilning Marokashdagi diplomatik vakolatxonasi Gʻazoda Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri birinchi marta oʻz faoliyatini davom ettiradi. 

Falastinparast mahalliy faollar Rabotning ushbu qarori mamlakatni beqarorlashtirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Marokashliklar Telʻ-Aviv musulmon Hasan Kaibni Rabotdagi diplomatik vakil etib tayinlashga qaror qilganiga mutlaqo ishonayotgani yoʻq, deb yozadi Arab News. 

"Marokash davlati marokashliklarning qarshiliklariga qaramay, jinsiy tajovuzkor jinoyatchi David Govrinni (Isroilning Rabotdagi sobiq elchisi) yangi harbiy jinoyatchi bilan almashtirishga qaror qilgani uyatli", – deya izoh berdi Marokash [Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi] fronti aʻʻzosi Muad Al-Jahriy.

2023 yil 18 oktyabrda Govrin va Isroil diplomatik missiyasining boshqa xodimlari minglab namoyishchilar Isroilning Rabotdagi ofisini toʻsib qoʻyishga vaʻʻda berganidan keyin xavfsizlik maqsadida Marokashni tark etgandi. Diplomatik manbalar Isroilning Rabotdagi vakolatxonasini shu yozda yangi xodimlar bilan qayta ochishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Mavzuga aloqador