27.08.2024 10:22

Sudanda 500 kunlik fuqarolar urushi

Sudanda hukumat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boshlanganiga 500 kun boʻldi. Bu davr mobaynida mamlakat har tomonlama tanazzulga yuz tutdi, 19 mingga yaqin inson halok boʻldi, 10 milliondan ziyoj kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi.

Sharqiy Afrika davlati Sudanda armiya va Tezkor harakat kuchlari (RRF) oʻrtasidagi toʻqnashuvlar 500 kundan beri davom etmoqda.

Seshanba kuni mamlakatda 2023 yil 15 aprelda boshlangan toʻqnashuvlarga roppa-rosa 500 kun toʻldi.

Dunyodagi eng katta koʻchish va ocharchilik inqiroziga sabab boʻlgan urush millionlab sudanliklarning hayotini xavf ostiga qoʻydi.

Sudandagi fuqarolar urushida 19 mingga yaqin tinch aholi halok boʻldi, 10 milliondan ortiq kishi oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻldi.

Bolalar maktabga borolmaydigan mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimi samarali faoliyat koʻrsata olmaydi.

Sudan armiyasi mamlakatning shimoli va sharqidagi Qizil dengiz, Shimoliy, Nil daryosi, Kesela va Gadarif kabi shtatlarda, RRF esa Gʻarbiy, Sharqiy, Markaziy va Janubiy Darfur, Gʻarbiy va Janubiy Kurdufan, Jazira va Xartum shtatlarini nazoratiga olgan.

RRF qanday tuzilma?

Wikipedia maʻʻlumotlariga koʻra, RRF 2013 yilda hukumat tomonidan Darfurdagi urushda qatnashgan “Janjavid” koʻngillilar qoʻshini asosida tashkil etilgan.

Darfurdagi janglarda RRF harbiylar tomonidan boshqarilgan boʻlsa-da, tuzilma Milliy razvedka va xavfsizlik xizmatiga boʻysungan. 2019 yilgi siyosiy inqiroz paytida ularning boʻlinmalari noroziliklarni bostirish uchun ishlatilgan. RRF boshqa xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda 3 iyunʻ kuni Xartumda muxolifatchilarga qarshi qirgʻin uyushtirdi.

Sudan ichidagi mojarolardan tashqari, RRF Liviya va Yamandagi harbiy harakatlarda ham qatnashgan. 2019 yil 25 iyulʻ kuni RRF ning 1000 ga yaqin jangarilari general Xaftarning Tripoliga qarshi hujumini qoʻllab-quvvatlash uchun Liviyaga etib keldi.

2023 yil aprelʻ oyida general Muhammad Hamdan Daglo boshchiligidagi tashkilot amaldagi hukumat bilan qurolli mojaroga kirishdi.

Mavzuga aloqador