27.08.2024 13:29
Bombalanayotgan Gʻazo: 326-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 326 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Magazi lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. Kun davomida 40 nafar falastinlik, jumladan, 5 bola Isroil hujumlari qurboni boʻldi. Urush boshlanganidan buyon esa 40435 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Tulkarmda bosqinchilar 5 kishini oʻldirdi. Halok boʻlganlar orasida 15 yoshli oʻsmir Adnan Jibril ham bor, u almashish doirasida qoʻyib yuborilgan, keyin esa “Al-Qassam” safiga qoʻshilgan.
▪️Bosqinchilar Gʻarbiy Sohildagi Falastin shaharlari – Qalandiya, Xalil, Qalqilya, Tulkarm va Baytlahmga bostirib kirishmoqda.
▪️Al-Qassam brigadalari: Xon Yunis hududida pistirma uyushtirdik. 5 bosqinchi halok boʻldi va yaralandi.
▪️Hizbulloh Ramiyadagi ishgʻolchilarning havo hujumidan mudofaa tizimini yoʻq qildi, Shragadagi 146-diviziya qoʻmondonligi qarorgohiga va Xashahardagi 91-diviziya shtab-kvartiralariga hujum qildi.
▪️BMT: Isroilning evakuatsiya qilish buyrugʻidan keyin Gʻazoga yordam berishni toʻxtatdik. Olti kun ichida beshta ommaviy evakuatsiya buyrugʻi koʻchirish haqidagi eng koʻp buyruqdir.
▪️AQSh Gʻazoda urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroilga 500 ta havo va 107 ta dengiz orqali tashishlar orqali 50 ming tonna qurol-yarogʻ, xarbiy texnikalar etkazib berdi.