27.08.2024 14:32
Eronda sunniy musulmon vitse-prezident boʻldi
Eron prezidenti Masud Pezeshkian sunniy musulmonni vitse-prezident lavozimiga tayinladi, deb xabar bermoqda Arab News.
Sunniylar Eron aholisining taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Biroq 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin ular kamdan-kam hollarda rahbarlik lavozimlariga tayinlangan.
Dushanba kuni Abdulkarim Husaynzodaning qishloq va nochor qatlamlarni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident etib tayinlanishi bu amaliyotdan istisno edi. Husaynzoda nomzodi uning katta va qimmatli tajribasi tufayli tanlandi, deyiladi prezident maʻʻmuriyati saytida.
44 yoshli islohotchi Abdulkarim Husaynzoda avvalroq Eron parlamentida Nagade va Oshnavie shaharlari vakili boʻlgan. U bir necha marta sunniy ozchilik huquqlarini himoya qilish uchun ochiq gapirgan.
Masud Pazeshkian saylovoldi tashviqoti chogʻida hukumatda diniy va milliy ozchiliklar vakili yoʻqligini tanqid qilgan, xususan, sunniy kurdlarni tilga olgan.