27.08.2024 08:07

Pokistonda jangarilar hujumi natijasida 73 kishi halok boʻldi

Pokiston shimoli-gʻarbida jangarilar Panjob-Balujiston yoʻlida tinch aholiga, shuningdek, politsiya boʻlimlari, harbiy baza va temir yoʻlga hujum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Balujiston poytaxtini Pokistonning qolgan qismi bilan bogʻlagan temir yoʻl koʻprigi portlatib yuborildi, natijada 6 kishi halok boʻldi. Pokistonni Eron bilan bogʻlovchi temir yoʻl liniyalari ham shikastlangan.

Bunga javoban xavfsizlik kuchlari aksilterror amaliyotlarini boshladi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, ayirmachilar bilan toʻqnashuv oqibatida eng kamida 73 kishi halok boʻlgan. Ularning 38 nafari tinch aholi vakillari, 14 nafari harbiy va politsiyachilar, 21 nafari jangarilardir.

"Ushbu hujumlardan maqsad Pokistonni beqarorlashtirish", dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi.

Hujumlar uchun masʻʻuliyatni Belujiston ozodlik armiyasi” boʻlginchi terror tashkiloti oʻz zimmasiga oldi.

Eron bilan chegaradosh Balujiston viloyati tabiiy boyliklarning koʻpligiga qaramay, Pokistondagi eng qashshoq hudud hisoblanadi. Xitoy Balujistonda oltin va mis qazib oladi. Eronning Sistan va Balujiston viloyatida ham balujlar orasida ayirmachilik kayfiyati kuchli va tez-tez teraktlar sodir boʻladi.

Mavzuga aloqador