-
Men kimman? Men Amerika Qoʻshma Shtatlariman. Men nima qilaman? Men urushlarni qoʻllab-quvvatlayman, qoʻzgʻataman va tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilaman. Qolaversa, men oʻzim xohlagan narsani amalga oshirish uchun demokratiyadan bahona oʻlaroq foydalanaman. Bu ish bilan qachondan beri mashgʻulman? Men buni tashkil topganimdan beri qilib kelaman. Buni qaerda qilaman? Men buni hamma joyda qilaman; Deyar hamma erda men sababli toʻkilgan qon izlari bor. Buni qanday qilaman? Menda buni qilishning turli usullari mavjud, lekin asosan mamlakatlarni pul va qurol bilan taʻʻminlash yoki oʻzim ishtirok etishni koʻproq afzal bilaman. Nega buni qilaman? Oʻzimning strategik manfaatlarimni ilgari surish uchun. Xoʻsh, men kimman? Men inson qiyofasidagi jinman...
-
Tasavvuf ulamolari nazdida roʻzaning uch turi mavjud: ommaning roʻzasi, xoslarning roʻzasi, eng xoslarning (xoslarning xosi) roʻzasi. Ularning bir-biridan farqi nimada?
-
Okeanlar sathida kunlik oʻrtacha harorat rekord darajada koʻtarildi. Avvallari 20 yilda kuzatilgan harorat koʻtarilishi 2023 yilning oʻzida qayd etildi. Dengiz suvining ilishi suv ostidagi ekotizimining oʻzgarishiga, kuchli tropik boʻronlarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
-
7 oktyabrdagi “Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasidan soʻng Isroil jiddiy oqibatlarga, jumladan, iqtisodiy yoʻqotishlarga duch keldi. Bosqinchi davlat jamiyatda va siyosiy partiyalarda jiddiy boʻlinishlarga guvoh boʻldi. Qolaversa, operatsiya Isroil hukumati va sionistik strateglar uchun davlat demografiyasi asosiy masala boʻlgan bir paytda, bosib olingan Falastindan yahudiylarning teskari koʻchish tendentsiyasini qariyb davom ettirdi.
-
Birdamlik nima? Bugungi oʻzbek xalqida birdamlik qay darajada? Millatning guruhlarga, firqalarga, "kult"larga, oqimlarga boʻlinib ketishining yomon tomoni yoʻqmi? Millat oʻzi istaganidek birlikka erishuvi uchun nimalar talab etiladi? Azon Global tahlilchisi Muhammad Dovud Asadulloh maqolasida ushbu savollarga javob oling.
-
Yoz kechalaridan biri. Daranglagan ovozdan uygʻonib ketdim. Qoʻshnimiz Husan amaki tunukani nima bilandir qattiq urib, hammani saharlikka uygʻotardi. Dimogʻimga ovqatning shirin hidi urildi. Opalarim oshxonada shoshib nimagadir urinar, dasturxon tuzash bilan ovora edi. «Men ham roʻza tutaman», degan oʻy bilan irgʻib oʻrnimdan turdim. Buni koʻrgan onajonim, yuzlarimdan oʻpib: «Alloh roʻza tutgan bolalarga juda koʻp savob beradi», dedi.
-
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Ijroiya qoʻmitasi rossiyalik va belaruslik sportchilarni Parijda 2024 yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida delegatsiyalar paradida ishtirok etishga ruxsat bermadi. Parad Sena daryosida qayiqlarda boʻlib oʻtadi.
-
Turkiya BMT tasnifiga koʻra aholisi “keksa” boʻlgan davlatlar toifasiga kirdi. 2023 yil yakunlari boʻyicha mamlakat aholisining 10 foizdan ziyodi 65 va undan oshganlardan tashkil topdi. Bu koʻrsatkich 2060 yilga borib 22,6 foizga etishi kutilmoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 166 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Chililik 620 nafar yurist Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi Falastin hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun daʻʻvo arizasi berdi. Daʻʻvoda Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etilgani haqida dalillar keltirilgan.