Pokiston shimoli-gʻarbidagi toʻqnashuvlarda qurbon boʻlganlar soni 37 kishiga etdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda AFP. 

Kurramda yashovchi guruhlar oʻrtasida er uchun toʻqnashuvlar muntazam ravishda boʻlib turadi. Jumladan, joriy yilning iyulʻ oyida qoʻzgʻalgan qurolli toʻqnashuvda 35 kishi hayotdan koʻz yumgandi. Hodisadan soʻng rasmiylar va mahalliy oqsoqollar vositachiligida sulhga erishilgandi. Ayni paytda 10 ta tumanda yana janglar boshlandi. 

"Er talashishdan boshlangan ziddiyat avtomat qurollar va artilleriyadan foydalanishgacha bilan keng koʻlamli qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi", - dedi jurnalistlarga ismi sir qolish sharti bilan mahalliy maʻʻmuriyat aʻʻzolaridan biri. 

Peshovar maʻʻmuriyati rasmiysiga koʻra, 28 ta uy zarar koʻrgan. Mojaroning kuchayishiga uning ishtirokchilari oʻrtasidagi diniy tafovut yordam bermoqda, ularning bir qismi sunniy, bir qismi esa shialar hisoblanadi.

Mavzuga aloqador