Men kimman? Men dunyo boʻylab urush qoʻzgʻatuvchi kuchman!
Men kimman? Men Amerika Qoʻshma Shtatlariman. Men nima qilaman? Men urushlarni qoʻllab-quvvatlayman, qoʻzgʻataman va tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilaman. Qolaversa, men oʻzim xohlagan narsani amalga oshirish uchun demokratiyadan bahona oʻlaroq foydalanaman. Bu ish bilan qachondan beri mashgʻulman? Men buni tashkil topganimdan beri qilib kelaman. Buni qaerda qilaman? Men buni hamma joyda qilaman; Deyarli hamma erda men sababli toʻkilgan qon izlari bor. Buni qanday qilaman? Menda buni qilishning turli usullari mavjud, lekin asosan mamlakatlarni pul va qurol bilan taʻʻminlash yoki oʻzim ishtirok etishni koʻproq afzal bilaman. Nega buni qilaman? Oʻzimning strategik manfaatlarimni ilgari surish uchun. Xoʻsh, men kimman? Men inson qiyofasidagi jinman.
Shuni taʻʻkidlash kerakki, bu keng jamoatchilik emas, AQSh tashqi
siyosati.
Ushbu bir nechta satrlar Qoʻshma Shtatlarni yashirin yoki
“koʻrinadigan” roldagi aktyor sifatida tasvirlaydi. AQSh Ukraina va Isroil bilan
boʻlganidek urushni qoʻllab-quvvatlaganda, buni uning yashirin roli deyish mumkin.
"Koʻrinadigan" rolni Iroq va Afgʻoniston urushlaridagi AQShning bevosita
ishtirokida topish mumkin.
Biz hammamiz Qoʻshma Shtatlarni bilamiz, lekin biz uning sunʻʻiy
tashqi siyosati va soxta urush tashviqotidan xabardormizmi? Hozirda ikkita
halokatli urush boʻlib oʻtmoqda: Birinchi urush Evropaning markazida, Ukrainadagi
Rossiya urushi. Ikkinchi urush Yaqin Sharqning markazida, Isroilning Gʻazodagi
falastinliklarga qarshi urushi.
Ikkala urush ham koʻp jihatdan oʻxshashliklarga ega. Shunisi
eʻʻtiborga loyiqki, Qoʻshma Shtatlar ikkala urushda ham etakchi rolni ijro etmoqda va
Isroil va Ukrainaning asosiy yordamchisi sifatida xizmat qiladi. Ajablanarlisi
shundaki, NATO va Evropa Ittifoqi ham xuddi shunday yondashuvga amal qiladi va
Isroil va Ukraina oʻrtasida ham siyosiy hamkorlik mavjud.
Ukrainadagi urush ikki yil avval boshlangan boʻlsada, aslida
uning ibtidosi 2014 yilga borib taqaladi, Falastinning Isroil bilan milliy
kurashi esa 76 yildan beri davom etmoqda. Qoʻshma Shtatlarning Isroilni doimiy
qoʻllab-quvvatlashi xalqaro huquq va inson huquqlari standartlarining misli
koʻrilmagan buzilishi bilan ajralib turadigan 56 yillik ishgʻolni qonuniylashtiradi.
Bu yillar ichida urushdan boshqa bir echimni qoʻllashning imkoni yoʻqmidi? Demak,
urushni hech bir sharoitda oqlab boʻlmaydi.
Devid Svanson oʻz kitobida barcha urushlarni "yolgʻon"
deb taʻʻriflagan, yaʻʻni tarix davomida hech bir urush oqlanmagan. Urushlardan
insoniyat manfaati hisobiga urush rahbarlari maqsadlariga erishish uchun
foydalanilgan.
Boshqa tomondan, Ukrainadagi urushga etakchilik qilayotgan
Rossiya Isroilning Gʻazodagi urushini qoralab, oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqda.
Qanday qilib dersiz? Agar Rossiya tinchliksevar boʻlsa, Ukrainadagi urushni
toʻxtatgani maʻʻqul emasmidi? Muhimi, Rossiya Gʻazodagi Isroil urushining
toʻxtatilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun veto huquqidan foydalanishdan tashqari, AQShni
Isroil va Ukrainani mablagʻ, qurol-yarogʻ va logistika bilan taʻʻminlashda va shu
orqali uni genotsidda ishtirok etishda ayblamoqda.
Shu bilan birga, Xolokostga duchor boʻlgan jamiyat bugungi kunda
uni oʻzi amalga oshirmoqda. Xolokostga duchor boʻlgan odam qanday qilib Xolokostni
amalga oshirishi mumkin? Yoki biz tajovuzkorlar qurbonga, koʻchmanchilar mahalliy
aholiga, mustamlakachi esa tinchlikparvarga aylangan teskari dunyoda yashayapmiz desak
boʻladimi?
Isroilning Gʻazodagi hozirgi urushi boshqa koʻplab Isroil
urushlari orasida eng uzoq davom etgan urushdir. Qoʻshma Shtatlar veto huquqidan
foydalanishda davom etishi, diplomatik rezolyutsiyalarning oldini olishi va
zoʻravonlik davrini davom ettirishi bilan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishishga
xalal bermoqda.
Ushbu Isroil urushining oqibatlari shundaki, u ehtimoliy
ravishda kengayib borishi mumkin, yaʻʻni Qizil dengizdagi keskinlik tabiiy ravishda
global iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soladi.
rush qaerda boʻlmasin, AQSh unda bevosita va bilvosita ishtirok
etadi. Ushbu ishtirok koʻplab ishonarsiz sabablar bilan "oqlanadi".
Biroq, vaqt oʻtishi bilan haqiqat oshkor boʻladi. “Nyu York Tayms” Ukrainada
Rossiyaga josuslik qilish uchun 12 ta maxfiy bazalar mavjudligini oshkor qilgani
bunga yorqin misoldir.
2024 yil fevral oyida AQSh maxsus kuchlari qoʻshinlari Tayvanda
doimiy joylashtirilishi xabar qilingan edi. Tayvanga harbiy mashgʻulotlar uchun
trenerlarning yuborilishi nafaqat harbiy mavjudlikni kuchaytiradi, balki
mojaroning jiddiy tus olishi ehtimoli haqidagi xavotirlarni ham oshiradi. Donald
Tramp va Jo Bayden maʻʻmuriyati davrida Qoʻshma Shtatlar qurol sotishga kata urgʻu
berdi va Tayvanga trenerlar yubordi. Bu Tayvanni harbiylashtirishga, mintaqaviy
keskinlikning yanada kuchayishiga olib keldi.
Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar Tayvanning Kinmen va Pengu
shaharlarida doimiy vakolatlarini oʻrnatdi. Bu muassasa ham mavjud beqarorlikni
kuchaytiradi. Boshqa davlatlar, jumladan, Xitoy ham bu harakatni provokatsion deb
hisoblashi mumkin, bu esa geosiyosiy keskinlikni oshirishi va mintaqada barqaror va
osoyishta muhitni saqlashga qaratilgan saʻʻy-harakatlarga putur etkazishi mumkin.
Umuman olganda, “Men kimman oʻzi? Men butun dunyo boʻylab
mojarolar va urushlarni qoʻzgʻatuvchi kuchman!”.
AQSh oʻz zimmasiga olgan bu rol darajasi biz tasavvur qilganimizdan
ham xavfliroqdir; u oʻzining dunyo boʻylab strategik ravishda joylashtirib chiqqan
koʻplab harbiy bazalari bilan er yuzining har bir burchagiga taʻʻsir oʻtkazib
turadi.
Achinarli voqelik shuni koʻrsatadiki, Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyoga bizning eng ogʻir tashvishlarimizdan ham koʻproq taʻʻsir koʻrsatmoqda.
Muhammad Dovud Asadulloh, Azon Global tahlilchisi