Bombalanayotgan Gʻazo: 166-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 166 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Nuseyrat lageriga hujum uyushtirib, asosan ayollar va bolalardan iborat 27
kishining oʻlimiga sabab boʻldi.
Shuningdek, hujumlar Bayt Lahiya, Zaytun va Rimal hududlari hamda Burij lageriga
ham uyushtirilgan. Jami 31 819 kishi shahid boʻldi, ulardan 14 000 nafari bolalar.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Tulkarm, Xevron, Erixo, Nablus va Ramallahda
falastinliklarni qoʻlga olish uchun keng koʻlamli reydlar oʻtkazmoqda. Bir
falastinlik halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.
▪️ Bosqinchilar
Gʻazo markazida sektor
shimoliga gumanitar yordam joʻnatish ishlarida ishtirok etayotganlarga
qarata oʻt ochishi natijasida Xalq mudofaa qoʻmitasining 23 aʻʻzosi halok boʻldi.
▪️ Isroil
oliy sudi Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarashli uchta uy joylashgan erni
musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
▪️ Iroq
qarshilik kuchlari dronlar yordamida Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga hujum
qildi.
▪️ Bosqinchi
armiya Eylat portida Yaman raketasini urib tushira olmaganini tan oldi.
▪️ Isroil
sobiq bosh vaziri va Isroil muxolifati etakchisi Yair Lapid Kanada hukumatining Tel-Avivga qurol sotishni
toʻxtatish haqidagi qaroriga izoh berar ekan, amaldagi hukumatning vijdonsiz
siyosati tufayli Isroil xalqaro munosabatlarda tanazzulni boshdan kechirayotganini
taʻʻkidladi.
▪️ BAA
TIV 19 mart, seshanba kuni ertalab Gʻazo sektori shimoliga ilk bor dengizdan 200
tonna guruch, un va tayyor taomlar etkazib berilganini maʻʻlum qildi. Kiprning
yunon qismidagi Larnak portidan yana 240 tonna insonparvarlik yordamini joʻnatishga
tayyorgarlik koʻrilmoqda.
▪️ Evropa-Oʻrtaer
dengizi inson huquqlari boʻyicha monitor: Bosqinchilar Shifa majmuasi hududida
koʻchirilgan odamlarni dalada qatl qilishmoqda. Biz Shifo va uning atrofida
60 dan 80 gacha odam oʻldirilgani haqida dalillar toʻpladik.
▪️ Taniqli
amerikalik yahudiy olim va faol Norman Finkelshteyn Gʻazoda hukm surayotgan ochlik
ustidan kulgan Frantsiyaning La Liberation gazetasini natsistlarning Ikkinchi jahon
urushi davridagi Der Stürmer nashri bilan tenglashtirdi.
▪️ Irlandiya bosh
vaziri Leo Varadkar AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda irlandiyaliklarning
falastinliklar bilan oʻxshash jihatlari haqida gapirdi. “Ularning koʻzlarida oʻz
oʻtmishimizni koʻramiz: majburiy koʻchirilish, mol-mulkdan mahrum etilish, shubha
ostiga olingan va rad etilgan milliy oʻziga xoslik, kamsitilish va hozir
ocharchilik hikoyasini”, - dedi u.