Turkiya aholisi «keksalar» boʻlgan mamlakatlar toifasiga kirdi
Turkiya BMT tasnifiga koʻra aholisi “keksa” boʻlgan davlatlar toifasiga kirdi. 2023 yil yakunlari boʻyicha mamlakat aholisining 10 foizdan ziyodi 65 va undan oshganlardan tashkil topdi. Bu koʻrsatkich 2060 yilga borib 22,6 foizga etadi.
2023 yil
oxiriga kelib Turkiya BMT tasnifiga koʻra aholisi «keksa» boʻlgan davlatlar
toifasiga kirdi, deya xabar qilmoqda Anadolu.
BMT
tasnifiga koʻra, qariyalarning umumiy aholisidagi ulushi 10 foizdan ortiq boʻlgan
mamlakatlar demografik jihatdan «keksa» hisoblanadi.
BMTning
Aholishunoslik jamgʻarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, dunyo aholisi tez qarimoqda. Maʻʻlumotlarga
koʻra, Evropa dunyodagi oʻrtacha keksalar soni eng koʻp boʻlgan mintaqa boʻlib, ular
aholining 19 foizini tashkil qiladi.
Aholisi 85 million kishidan oshgan Turkiyada, butun dunyoda
boʻlgani kabi, aholining «qarishi» tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Oʻtgan yil oxirigacha Turkiyada 65 yosh va undan katta yoshdagilar
ulushi 8 mln 722 ming
806 kishini tashkil qildi.
Mutaxassislarning prognozlariga koʻra, 2030 yilga borib
Turkiyada qariyalar ulushi 12,9 foizga, 2040 yilga borib 16,3 foizga, 2060 yilga
borib esa mamlakat umumiy aholisining 22,6 foiziga etadi.