-
Moskva viloyati Troitsk shahridagi Abu Bakr masjidi aholi noroziligi sababli buzib tashlandi.
-
Oradan qancha vaqt oʻtdi bilmayman, koʻzim ilingan ekan. Soat tungi 01:00. Oʻgʻlim jajji qoʻllari bilan yuzimdan silab, biroz qoʻrquv bilan uygʻotdi: "Dadajon xuftonni oʻqimay uxlab qolibsiz". Qarasam qoʻlida joynamoz. Biroz bir-birimizga tikildik. Oʻgʻlimning koʻzida maʻʻyuslik va mehr qalqib turibdi. Borib tahorat oldim, oʻgʻlim esa joynamoz koʻtargancha ortimdan ergashib yurdi. Uning qoʻlidagi joynamozni olib, namoz oʻqishni boshladim...
-
AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi.
-
"Soros" xalqaro jamgʻarmasining butun Markaziy Osiyo boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "Soros-Qirgʻiziston" jamgʻarmasi xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan respublikadagi faoliyatini toʻxtatmoqda.
-
AQSh Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam koʻrsatishni oʻz ichiga olgan hamda har biri alohida ovoz berish orqali koʻrib chiqiladigan reja loyihasini taqdim etdi. Ushbu rejaning Ukraina qismida yordam grantlar koʻrinishida emas, balki kredit shaklida taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
-
Britaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada musulmonlar soʻnggi 12 oy davomida oʻrtacha 708 funt sterling (880 dollar) xayriya qilgani maʻʻlum boʻldi. Boshqa dinga mansub britaniyaliklar esa – 165 funt sterling (205 dollar). Har toʻrt britaniyalik musulmonning uch nafari oʻz xayriyasini Gʻazodagi falastinliklarga ajratgan.
-
Moskvadagi qurilish maydonida qurilish materiallarining notoʻgʻri taqsimoti sababli Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi. Natijada 10 nafar oʻzbekistonlik va 13 nafar tojikistonlik mehnat muhojirlari qoʻlga olindi. Hodisada hech kim jabrlanmagan.
-
Iroqdagi Abu Gʻrayb qamoqxonasining omon qolgan sobiq mahbuslari 20 yil muqaddam oʻzlarini shafqatsiz va gʻayriinsoniy tarzda qiynoqqa solgan, jinsiy zoʻrlagan amerikalik harbiylarni sudga berish imkoniga ega boʻldi.
-
Qrimda bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi. Ular orasida transport, ishlab chiqarish, IT, sport va dam olish sohalari mavjud. Avvalroq Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopilgan” edi.
-
Tojikiston Turkiyaning viza tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi qaroriga javob qaytardi. Unga koʻra, Turkiya fuqarolari 20 apreldan Tojikistonga kelish uchun viza olishlari talab etiladi.