AQShda “Helen” toʻfoni qurbonlari soni 111 nafarga etdi
AQShning janubi-sharqida “Helen” toʻfoni natijasida
Tabiiy
ofat natijasida koʻrilgan zarar miqdori 100 milliard dollargachani tashkil etishi
mumkin.
Toʻfon
AQShning janubi-sharqiy shtatlari, jumladan, Janubiy Karolina, Florida, Jorjiya,
Shimoliy Karolina va Virjiniya “Helen” toʻfoni sodir boʻldi. CBS News maʻʻlumotlariga
koʻra, Amerika 100 yil ichida bunday tabiiy ofatni koʻrmagan. Uch shtatdagi 40
milliondan ortiq amerikaliklar zarar koʻrgan.
Mahalliy hukumatlar
eng kamida 69 kishining halok boʻlganini maʻʻlum qilgan boʻlsa, OAV qurbonlar soni
allaqachon 111 nafarga etgani haqida xabar bermoqda.
Kuchli
shamol, yomgʻir va toʻfon natijasida millionlab insonlar elektr taʻʻminotisiz qoldi,
yoʻllar va koʻpriklar vayron boʻlgan. Yakshanba kuni toʻfon kuchli zaiflashishi ortidan keng
koʻlamli tozalash va zararni tiklash ishlari boshlandi.
OAV maʻʻlumotlariga
koʻra, tabiiy ofat keltirgan zarar miqdori 15 dan 100 milliard dollargachani
tashkil etishi mumkin.
Oq uy
bayonotiga koʻra, AQSh prezidenti Jo Bayden Florida va Shimoliy Karolinada
"falokat holati"ni eʻʻlon qildi va dovuldan jabr koʻrganlarga
"federal yordam" koʻrsatishni buyurdi.
Tabiiy
ofat oqibatlarini bartaraf etishga 3,2 mingdan ortiq qutqaruvchi jalb qilingan.