16.04.2024 14:54

The New York Times jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” soʻzlarini ishlatmaslik topshirildi

AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi.

AQShning nufuzli The New York Times gazetasi Isroilning qamal ostidagi Gʻazo sektorida olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlarga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni buyurdi, deb yozadi The Intercept sizib chiqqan xizmat yoʻriqnomasiga asoslanib.

Gazeta rahbariyati, shuningdek, xodimlarga “juda kamdan-kam holatlardan tashqari” “Falastin” soʻzini ishlatmaslikni hamda Gʻazo hududlarini tasvirlashda “qochoqlar lageri” atamasidan qochishni buyuradi.

Qayd etilishicha, The New York Times gazetasining “bosib olingan hudud” va Gʻazodagi qochqinlar maqomini bunday tavsiflashi BMT va xalqaro gumanitar huquq tomonidan belgilangan meʻʻyorlarga zid keladi.

The Intercept manbasining maʻʻlum qilishicha, BMTning Isroilni bosqinchi davlat sifatida tan olgan barcha rezolyutsiyalariga qaramay, “bosib olingan hududlar” atamasidan qochish mojaroning asl mohiyatini yashiradi va bu Isroilning rasmiy talqiniga mos keladi.

“Garchi ishgʻol mojaroning mazmunini tashkil etsa-da, hodisalarni yoritishda ushbu atamani olib tashlaysiz”, - dedi tahririyatdagi manba.

Yanvarʻ oyida The Intercept nashri New York Times, Washington Post va Los Angeles Times gazetalarining Isroilning ishgʻol ostidagi urushi haqidagi xabarlari tahlilini chop etgan edi. Unga koʻra, 7 oktyabrdan 24 noyabrgacha yirik gazetalar “qirgʻin”, “xunrezlik” va "dahshatli" soʻzlarini qariyb faqat oʻlgan isroillik tinch fuqarolar uchun ishlatgan, oʻldirilgan falastinlik tinch aholiga esa bunday atamalarni ishlatmagan. Jumladan, New York Times isroilliklarning oʻlimini 53 marta "qirgʻin" deb taʻʻriflagan boʻlsa, falastinliklarga nisbatan faqat bir marta ishlatgan.  Oʻsha paytda halok boʻlgan falastinliklarning hujjatlashtirilgan soni taxminan 15 mingga etganiga qaramay, "qirgʻin" atamasidan foydalanish nisbati 22 ga 1 edi.

Mavzuga aloqador