16.04.2024 07:19

Qrimda muhojirlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi

Qrimda bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi. Ular orasida transport, ishlab chiqarish, IT, sport va dam olish sohalari mavjud. Avvalroq Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopilgan” edi.

Yoqutistondan keyin Qrim maʻʻmuriyati ham bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Respublika rahbari Sergey Aksenovning soʻzlariga koʻra, cheklovlar olti oy davomida amal qiladi va iqtisodiy faoliyatning 35 turiga taʻʻsir qiladi.

Gap transport, savdo, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, taʻʻlim, axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, sport va dam olish kabi sohalar haqida bormoqda.

Uning taʻʻkidlashicha, ushbu chora mehnat migratsiyasi sohasida tartibni tiklashga qaratilgan.

Qarorga koʻra, Qrimdagi muhojirlarga berilgan vaqtinchalik mehnat patentlarida «kasb» bandi boʻladi.

Avvalroq Novosibirsk viloyatida muhojirlarning savdo (ichimliklar va tamaki sotish) va shaxsiy transportda ishlash huquqi (taksichilik), Samara viloyatida – jamoat transporti, taʻʻlim sohalarida ishlash hamda taksichilik qilish cheklangan edi. Fevralʻ oyida esa Yoqutiston hukumati mehnat muhojirlariga taksichilik, yuk tashish, kurʻerlik va omborxona faoliyati kabi turli sohalarda ishlashni taqiqladi.

 

Mavzuga aloqador