17.04.2024 07:20

Moskva viloyatidagi Abu Bakr masjidi buzib tashlandi

Moskva viloyati Troitsk shahridagi Abu Bakr masjidi aholi noroziligi sababli buzib tashlandi.

16 aprelʻ, seshanba kuni Moskva viloyati Troitsk shahridagi Abu Bakr jomeʻʻ masjidi buzib tashlandi. Shu tariqa Troitsk musulmon jamoasi hamda masjid buzilishini talab qilgan mahalliy aholi va millatchi faollar oʻrtasidagi uch yillik qarama-qarshilik yakuniga etdi, deb yozmoqda Islam News.

“Gap shundaki, Troitsk aholisi uch yildan beri masjidga qarshi kurashib kelmoqda: ular shahar maʻʻmuriyati, mer Vladimir Dudochkin va Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga koʻplab shikoyatlar yozishgan. [...] Troitskiy aholisi tom maʻʻnoda mahalliy hokimiyat organlarini shikoyatlar bilan toʻldirishdi. Natijada Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin qurilishning noqonuniyligi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatishni buyurdi”, — deya xabar bermoqda “Moskva yangiliklari nashri.

Qayd etilishicha, aholi masjid faoliyatini boshlaganidan soʻng hududda jinoyatchilik darajasi oshib ketgani, ota-onalar farzandlarini koʻchaga chiqarishdan qoʻrqayotgani, shuningdek, ayniqsa juma kunlari namozxonlarning mashinalari sababli tirbandliklar yuzaga kelayotganini iddao qilgan.

Natijada 2023 yil oktyabrʻ oyida Troitsk sudi Abu Bakr masjidini ruxsatsiz qurilish deb topdi va egalariga uni buzishni buyurdi. Biroq ushbu masjid poytaxt muftiysi Ildar Alyautdinov boshchiligida rasmiy roʻyxatdan oʻtgan Moskva musulmonlari diniy boshqarmasiga tegishli boʻlgan.

Troitsk imom-xatibi dogʻistonlik Umar Aliev Islam News bilan suhbatda taʻʻkidlaganidek, namozxona mahalliy musulmonlar jamoaviy ibodat qilish uchun joyga juda muhtoj boʻlgani sababli 2020 yilda qurilgan.

“Rossiyaning Shimoliy Kavkaz mintaqasidan koʻplab odamlar qoʻshni qishloqlarda yashaydi. Masjidda juma namoziga 2 mingdan ortiq, bayram namoziga esa biroz koʻproq odam yigʻilardi. Namozxonlarning aksariyati tugʻilishi boʻyicha Rossiya fuqarolari”, — dedi imom.

Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, endilikda eng yaqin masjid mashinada taxminan 1 soatu 20 daqiqalik masofada joylashgan.

Avvalroq Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov Troitskdagi musulmonlar namozxonasi buzilmasligiga umid bildirgan, chunki mintaqada shusiz ham masjid, namozxona va madaniy-maʻʻrifiy markazlar etishmasligini taʻʻkidlagan edi.

Rossiya poytaxtida masjidlarning keskin taqchilligi 2021 yilda Rossiya Muftiylar kengashi rahbari oʻrinbosari, Moskva viloyati muftiysi Rushan Abbyasov tomonidan ham muhokama qilingan edi. Moskvadagi masjidlar, Abbyasovning fikricha, muhojirlar u yoqda tursin, tubjoy musulmonlar uchun ham etarli emas.

Moskvadagi aksariyat musulmonlar haftalik juma namozi u yoqda tursin, hatto bayram namozlariga ham qatnasha olmaydi, chunki 13 millionlik poytaxtda 3 milliongacha musulmon uchun 4 ta toʻlaqonli masjid bor, xolos.

Mavzuga aloqador