16.04.2024 08:28

Abu Gʻrayb qamoqxonasining sobiq mahbuslari ilk bor AQSh harbiylarini sudga berish imkoniga ega boʻldi

Iroqdagi Abu Gʻrayb qamoqxonasining omon qolgan sobiq mahbuslari 20 yil muqaddam oʻzlarini qiynoqqa solgan va zoʻrlagan amerikalik harbiylarni sudga berish imkoniga ega boʻldi.

15 aprelʻ kuni Iroqning Abu Gʻrayb qamoqxonasining omon qolgan baʻʻzi mahbuslari nihoyat Amerika sudida qiynoqlar uchun javobgar deb hisoblanayotgan harbiy pudratchiga qarshi daʻʻvo bilan chiqish imkoniyatiga ega boʻlishdi, deb yozmoqda TRT. Abu Gʻraybdan omon qolganlar birinchi marta Amerika hakamlar hayʻʻatiga oʻz daʻʻvolarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Yigirma yil muqaddam Iroqning Abu Gʻrayb qamoqxonasida amerikalik askarlarning jilmayib turgani fonida tahqirlangan mahbuslar suratlari tarqala boshladi va butun dunyoni larzaga solgan edi.

2004 yilda eʻʻlon qilingan suratlarda daʻʻvogarlar shaxsini aniqlash imkonsiz, ammo ularning shafqatsiz va gʻayriinsoniy muomala haqidagi taʻʻriflari hayratda qoldiradi.

Jumladan, Suhayl ash-Shimari ikki oylik qamoqda boʻlganida boshidan kechirgan jinsiy hujumlar va kaltaklar haqida soʻzlab bergan. Shuningdek, u elektr toki bilan qiynoqqa solingan va boʻyniga bogʻlangan arqon bilan qamoqxona atrofida sudrab yurilgan.

Al-Jaziraning sobiq muxbiri Saloh al-Ejaylining aytishicha, u qora suyuqlik qusishiga sabab boʻlgan stressga duchor boʻlgan. Shuningdek, uyqudan mahrum qilingan, ayollarning ichki kiyimini kiyishga majburlangan va itlar bilan tahdid qilingan.

Qamoqxonani soʻroq qiluvchilar bilan taʻʻminlagan pudratchi CACI kompaniyasi har qanday qonunbuzarlikni rad etib, xodimlarining zoʻravonlikka bevosita aloqador emasligini taʻʻkidlaydi.

Biroq daʻʻvogarlar CACI kompaniyasini qiynoqlarga olib kelgan shart-sharoitlarni yaratganlik uchun javobgarlikka tortishni talab qilib, hukumat tekshiruvlari natijalariga koʻra, SASI pudratchilari harbiy politsiyaga mahbuslarni soʻroq qilish uslublarini «yumshatish» boʻyicha koʻrsatma bergani haqidagi dalillarni keltirmoqda.

Maʻʻlumot uchun, 2003 yilda AQShning Iroqqa bostirib kirishi ortidan Amerika va uning koalitsiyadagi ittifoqchilari 2003-2009 yillarda 100 mingga yaqin iroqlikni qamoqlarda ushlab turgan.

Mavzuga aloqador