Hindistonda etti yoshli bola qurbonlik qilindi
Hindistondagi xususiy maktabda muassasa daromadlari ortishi uchun etti yoshli bola qurbonlikka keltirilgani xabar qilindi. Ushbu ish yuzasidan maktab taʻʻsischisi va uning direktor boʻlib ishlovchi oʻgʻli hibsga olingan. Hindiston Milliy Jinoyatlarni qayd etish byurosi maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatda 2014-2021 yillar davomida 103 odam qurbonlik qilingan.
Hindistonning
markaziy Uttar-Pradesh shtati Xatras shahridagi xususiy maktablardan birida ikkinchi
sinfda oʻqiyotgan etti yoshli bola qurbonlik qilish marosimida oʻldirilgan. Bu haqda
mahalliy politsiya xabar qildi.
Qayd
etilishicha, qurbonlik marosimi maktabi egalari tomonidan muassasa daromadlari
ortishi uchun oʻtkazilgan.
Ushbu ish
yuzasidan xususiy maktab egasi Jasodxan Singx, uning maktab direktori boʻlgan
oʻgʻli Dinesh Baghel va uch nafar oʻqituvchi hibsga olingan, deb yozadi Hindustan
Times gazetasi.
Bola maktab
yotoqxonadagi oʻz toʻshagida oʻlik holda topilgan. Politsiya xodimi Himanshu Mathurning
maʻʻlum qilishicha, bola Baghelning otasi tomonidan qora jodu marosimi
oʻtkazilgunga qadar oʻldirilgan.
"Bola
maktabning muvaffaqiyati va shon-shuhratini taʻʻminlashga qaratilgan marosimning bir
qismi sifatida qurbon qilingan", dedi katta politsiya xodimi Nipun Agarval Times
of India nashriga.
Agarval,
shuningdek, direktor va uning otasi avval ham xuddi shu sababga koʻra boshqa oʻgʻil
bolani qurbon qilishga uringani, ammo reja barbod boʻlganini taʻʻkidladi.
Hindiston
Milliy Jinoyatlarni qayd etish byurosi mamlakatda 2014-2021 yillar davomida 103 odam
qurbon qilinganini qayd etgan.