16.04.2024 10:29

Britaniyada musulmonlar koʻproq xayriya qilishi maʻʻlum boʻldi

Britaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada musulmonlar soʻnggi 12 oy davomida oʻrtacha 708 funt sterling (880 dollar) xayriya qilgani maʻʻlum boʻldi. Boshqa dinga mansub britaniyaliklar esa – 165 funt sterling (205 dollar). Har toʻrt britaniyalik musulmonning uch nafari oʻz xayriyasini Gʻazodagi falastinliklarga ajratgan.

Blue State xalqaro maslahat (konsalting) shirkati 10 aprelʻ kuni “Britaniyalik musulmonlarning xayriya xatti-harakatlari” nomli hisobotini chop etdi. Tadqiqot uchun jami 2010 kishi bilan suhbat oʻtkazildi, ulardan 1003 nafari musulmonlar edi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, soʻnggi 12 oy davomida musulmonlar oʻrtacha 708 funt sterling (880 dollar) xayriya qilgan boʻlsa, boshqa dinga mansub britaniyaliklarda bu koʻrsatkich 165 funt sterling (205 dollar)ni tashkil qilgan.

Soʻrovda musulmonlar zakotni xayriya va dunyoviy tashkilotlarga mos ravishda 61 va 14 foiz ehson qilishini aniqladi. Bundan tashqari, 2023 yilda musulmonlarning 17 foizi koʻngilli boʻlgan boʻlsa, mamlakat miqyosida bu koʻrsatkich oʻrtacha 11 foizni tashkil etgan. Shuningdek, musulmonlar jamoat tashkilotlari va mablagʻ yigʻish tadbirlarida ham faol ravishda qatnashadilar.

Hisobotda taʻʻkidlanishicha, oʻtgan yil davomida musulmonlarning 85 foizi xalqaro miqyosda sadaqa bergan, milliy darajada bu raqam oʻrtacha 48 foizni tashkil etadi.

ritaniyadagi toʻrt musulmondan uch nafari Isroil ishgʻoli ostida ochlikdan azob chekayotgan Gʻazodagi falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash uchun xayriya qilgan. 67 foiz kelajakda oʻz hissasini qoʻshishni davom ettirish niyatini bildirdi.

Mamlakatda hukm surayotgan iqtisodiy inqirozga qaramay, musulmonlarning 49 foizi keyingi 12 oy ichida xayriya mablagʻlarini koʻpaytirishga tayyor.

Mavzuga aloqador