Hizbulloh yangi etakchisini sayladi
Livandagi Hizbulloh guruhining Shoʻro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni tashkilotning yangi bosh kotibi etib sayladi. Safi ad-Din harakat sobiq etakchisi Hasan Nasrullohning amakivachchasi va Eronning Quds kuchlari sobiq qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning kuyovi hisoblanadi.
Livandagi
Hizbulloh guruhining Shoʻro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni
tashkilotning yangi bosh kotibi etib sayladi, deya xabar berdi Al Arabiya va boshqa
OAVlar manbalariga tayanib.
Safi
ad-Din ijroiya qoʻmita rahbari boʻlib ishlagan va Isroil havo hujumida halok boʻlgan
guruhning sobiq rahbari Hasan Nasrullohning amakivachchasi hamda AQSh havo
hujumida oʻldirilgan Eronning Quds kuchlari sobiq qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning kuyovi
boʻladi.
Al Ghad nashrining qayd etishicha, sobiq va yangi
rahbarlar oʻrtasidagi oʻxshashlik hayratlanarli darajada: ularning tashqi koʻrinishi
va ovozlari juda oʻxshash.
Hoshim
Safi ad-Din 1964 yilda Livan janubidagi Dayr-Qonun an-Nahr shahrida tugʻilgan. U
Najaf va Qumda Nasrulloh bilan mashgʻulot oʻtkazgan va 1982 yilda Hizbullohga asos
solgan. 1994 yilda Safi ad-Din ijroiya qoʻmita rahbari boʻlgan. Nasrulloh oʻz amakivachchasi vafot
etgan taqdirda 2008 yilda merosxoʻr etib tavsiya qilgani haqida maʻʻlumot bor, deb
yozadi Al Ghad .
Al Arabiya nashrining yozishicha, Safi ad-Din oʻttiz yil davomida
guruhning maxfiy ishlari bilan shugʻullangan va umumiy strategiyani ishlab chiqishni esa Nasrullohga topshirgan. BBC
Arabic’ning aniqlik
kiritishicha, u Hizbullohning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va maʻʻrifiy faoliyatini
nazorat qilishda ishtirok etgan. 2017 yilning may oyida AQSh va Saudiya Arabistoni
Safi ad-Dinni terrorchilar roʻyxatiga qoʻshgan.
Eslatib
oʻtamiz, Hizbulloh etakchisi Hasan Nasrulloh 28 sentyabrʻ kuni Isroil
harbiy-havo kuchlarining Bayrutdagi erosti qarorgohiga uyushtirgan hujumida halok
boʻlgan edi. Harakat rahbariyati "Gʻazo va Falastinni, shuningdek, Livanni
qoʻllab-quvvatlash uchun dushmanga qarshi jihodni davom ettirishiga" ishonch bildirgan.