"Soros" xalqaro jamgʻarmasining butun Markaziy Osiyo boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "Soros-Qirgʻiziston" jamgʻarmasi xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan respublikadagi faoliyatini toʻxtatmoqda.  

“Jamgʻarma Qirgʻiziston fuqarolari tomonidan boshqariladi, biroq xorijdan mablagʻ oladi, bu esa uni muqarrar ravishda yangi qonunchilik cheklovlariga duchor qiladi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Jamgʻarma 30 yillik faoliyati davomida Qirgʻizistondagi turli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun qariyb 115 million dollar ajratgani taʻʻkidlandi.

2023 yil oktyabrʻ oyida Qirgʻiziston huquq-tartibot qoʻmitasi “Notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni maʻʻqulladi. Bir qator huquq himoyachilari qonun loyihasini Rossiyaning xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunining oʻxshashi deb atadi. Aqsh davlat kotibi Entoni Blinken esa Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovga maktub yoʻllab, hujjat qabul qilinsa, nohukumat tashkilotlarni fuqarolik va jinoiy jazoga tortilishidan xavotir bildirdi.

Oʻz navbatida, Japarov Blinkenga: "Ichki ishlarimizga aralashmang", deya javob qaytardi.

Yuqoridagi qonun 2 aprel kuni Qirgʻiziston prezidenti Japarov tomonidan imzolandi.

Mavzuga aloqador