08.05.2024 10:33
Yunoniston TIV Istanbuldagi Kariya masjidining ochilganidan xavotirini bildirdi
4 yillik restavratsiyadan soʻng ochilgan Kariya masjidining ibodat uchun xizmat qilishi Yunoniston hukumatini xavotirga soldi. Bu haqda mamlakat TIVning bayonoti eʻʻlon qilindi.
Unda Turkiya bu qadami bilan xalqaro hamjamiyatga chaqiriq tashlagani aytiladi.
"Istanbuldagi Kariya masjidining ibodat uchun ochilganidan juda qaygʻudamiz", deyiladi Yunoniston TIV bayonotida.
Avvalroq Istanbulda 79 yil muqaddam muzeyga aylantirilgan sobiq Kariya masjidi 4 yillik taʻʻmirlash-tiklash ishlaridan soʻng masjid sifatida faoliyatini qaytadan boshlagani haqida xabar bergandik.
U xuddi Ayasofya masjidi singari sayyohlar va namozxonlar uchun alohida kirishga ega boʻlib, masjid Vizantiya imperiyasi davrida XI asrda nasroniy ibodatxonasi sifatida barpo etilgan. Usmonli imperiyasi davrida XVI asrda masjidga aylantirilgan. Turkiya Respublikasi tashkil etilganidan soʻng esa muzey sifatida faoliyatini davom ettirgan.