HAMAS Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻlgach, Isroil havo kuchlari kechasi Rafahdagi 50 dan ortiq nishonga hujum qildi. Isroil harbiylari Rafah sharqiy qismida "jarrohlik zarbalari" amalga oshirayotganini eʻʻlon qildi. Nashrning qoʻshimcha qilishicha, bombardimon natijasida 100 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan, koʻp sonli ayollar va bolalar yaralangan.

———-
Seshanba kuni Isroil harbiylari Rafahga tanklar yuborgani va HAMASning obʻʻektlarini yoʻq qilishga qaratilgan operatsiyada Gʻazoning Misr bilan chegarasini nazoratga olganini maʻʻlum qildi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, HAMAS oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini qabul qilganidan soʻng Isroil harbiylari Rafah sharqiy qismida "jarrohlik zarbalari" amalga oshirayotganini eʻʻlon qildi. 
Nashrning qoʻshimcha qilishicha, bombardimon natijasida 100 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan, koʻp sonli ayollar va bolalar yaralangan.

Falastinliklar hech boʻlmaganda vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatganidan xursand boʻlishsa-da, Isroil 1 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan Gʻazo shahrini bombardimon qila boshladi.

Isroil harbiylari seshanba kungi bosqinni "juda aniq" aksilterror operatsiyasi deb atadi va Rafahda qancha vaqt qolishni rejalashtirayotganini aytishdan bosh tortdi. Isroil uzoq vaqtdan beri Gʻazoning Misr bilan chegarasini qirgʻoq anklaviga qurol kontrabandasining asosiy yoʻli sifatida koʻrib keladi.

Dushanba kuni kechqurun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Rafahga quruqlikdan bostirib kirish uning halokatli gumanitar oqibatlari va mintaqaga beqarorlashtiruvchi taʻʻsiri haqida aytib oʻtgan. 

6 may kuni Isroil sharqiy Rafahdagi 100 000 dan ortiq gʻazoliklarga havo hujumlari tufayli qochishni buyurdi. Isroil bir milliondan ortiq gʻazolik qochqinlar boshpana topgan Rafah shahriga bostirib kirishi Netanyaxu va uning eng yaqin xalqaro ittifoqchilari uchun keskinlikni keltirib chiqardi. Qoʻshma Shtatlar Isroilni Rafah aholisini himoya qilish uchun rejasiz bosqinchilik qilmaslik haqida ogohlantirdi.

Harbiylarning maʻʻlum qilishicha, quruqlik va havo kuchlari ham kechasi sharqiy Rafah hududida, chegara punkti yaqinida amaliyot oʻtkazgan. Tunnel shaxtalarining qaerda joylashgani va jangarilar oʻldirilgani maʻʻlum qilinmagan.

Mavzuga aloqador