Dunyoga mashhur amerikalik reper va “janr otasi” Jonatan Smit (Lil Jon) Kaliforniyadagi Qirol Fahd masjidida arab va ingliz tillarida shahodat aytib, Islomni qabul qildi. Uning shaholat kalimasini keltirgani aks etgan videoyozuvga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatda boʻlindi, biroq muxlislarining aksariyati qoʻshiqchining qarorini qoʻllab-quvvatladi.