Tarixga yolgʻon aralashtiriladimi? Yoxud yana Georgiy lentasi haqida
“Axir Georgiy lentasi sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir uni sening koʻchangda targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa, axir bu “Gvardeskaya lenta”-ku deydi. U holda “Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi”, deysan, desam, yana bir narsalar deydi... Tarixchi Shuhrat Barlosning Georgiy lentasi haqidagi mulohazalari.
Talqin
qilinishi ham aralashishi hisoblanadi. Nimaga desangiz, siyosatda tarixda
qoʻllanish, yaʻʻni ruscha “podobleka” deydi-ku, shuni endi asos qilib olish, biror
davlatga urush ochish uchun yo biror davlatga
hududiy daʻʻvo ochishda, tarixan mening erim edi, deyish.
“Kecha mening ota-bobomni oʻldirgan anavi pushkasini
Toshkentning qoq markaziga qoʻyib, lekin mening shahid ketganlarim, gʻoziylarim jon
bergan ota-bobolarimning bittasini ham nomi yoʻq. Menga alam qilmaydimi, men
talab qilaman!” deydigan avlod oʻsib chiqyapti hozir. Lekin katta avlod sovet
davridagi mafkura bilan, sovet tushunchasi bilan qolganlar. Hozir, XXI asrda
Rossiya Federatsiyasida Skobelevga, general Kaufmanga atalgan katta haykallar
turadi. Ular shuni katta sarkarda, rus imperiyasining kuchli generallari,
zobitlari sifatida ulugʻlaydi. Ularning qilgan ishi tarixiga qaraydigan boʻlsak,
faqat Andijonda 20 ming odam qirgʻin qilgan, Goʻktepada (Turkmaniston hududi) 40
mingga yaqin odam qirgʻin qilgan. General Kaufman bilan Madraimxon II sulh tuzib
gaplashayotgan paytda Xivaga qirgʻin bilan kirib kelgan Skobelev. Bizning
Oʻzbekiston tariximizda Skobelevning qora izi bor. Hozirgi Margʻilonni qirgan
odam oʻsha. Bir vaqtlar hatto uning nomi qoʻyilgan qadim Fargʻona shahrimizga. Mening
tariximda uning nomi qora! Lekin men shuni aytishga qoʻrqmasligim kerak. Rossiya
Federatsiyasidagi qaysidir bir rus akademigi xafa boʻladi deb, yoki Prezidenti hafa
boʻlib qoladi deb, men oʻzimning tariximni soxtalashtirishga haqqim yoʻq. Xudodan
koʻrqish kerak, birinchidan. Ikkinchidan, millatning gʻazabidan qoʻrqish kerak.
Koʻpchilik olimlarga aytadiganim, men keskin chiqish yoki keskin
talab qoʻyish niyatida emasman. Lekin oddiy oʻzbek sifatida mening tarixim degan
masalaga kelgan paytda ularnikini tiqishtiraverma, degan narsa turadi. Chunki
mening ota-bobolarimni oʻldirgan, qoni turibdi, olingan joni turibdi oʻrtada, soni belgili. Hatto shunday voqealar
boʻldiki, 1880 yillarda (oʻsha general) oʻzining qoʻli bilan yozgan (hisobotlar
asosida) yozilgan entsiklopediyalardan, oʻzim dashnoqlar masalasida maʻʻlumot toʻplash
uchun ishlagan RGVA (Rossiya davlat harbiy arxivi)dagi hujjatlardan olib,
koʻrsatib, mana turibdi-ku, desangiz ham ishonmaydigan avlod etishib chiqdi.
Skobelevning oʻzi aytyapti: “20 ming odamni qirdim
Andijonda” deb. Boʻlishi mumkin emas, deb kap-katta oʻzbek odam eʻʻtiroz
bildiryapti. Hozirgi kunda Ukrainada koʻzimizning oldida qirgʻin boʻlyapti, lekin
yoʻq deydi, bu falʻsifikatsiya
deydi. Ukrainaning
oʻzi aybdor, Putin toʻgʻri qilyapti, deydi.
Mana tarixni
soxtalashtirishning oqibati nimalarga olib keladi. Yoki “Georgiy lentasi”
deymiz. Axir “Georgiy lenta”sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini
oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir
uni sening koʻchangda targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa,
axir bu “Gvardeskaya lenta-ku”, deydi. U holda
“Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi” deysan, desam, yana bir narsalar deydi.
Xullas, men unga tushintira olmadim. Buni biz aytsak, yana bosmachining avlodi,
diniy ekstremizmda ayblashadi, eng kamida millatchiga chiqarib qoʻyishadi. Bunga biz
oʻrganib qoldik.
Mana biz jadidlarimizni oʻzbekning yoʻlboshlovchilari sifatida
bilamiz. Bundan tashqari, chet elda ham, Amerikada ham shunday fikrdagi
doʻstlarimiz bor. Lekin
hujjatlarda koʻrganimizda, otib oʻldirilgan hamma milliy qahramonimizga qoʻyilgan
ayblov panturkizm, millatchilik. Masalan, men oʻzim turkman, Turkistonning
bolasiman. Shu er mening Vatanim. Oʻzimning vatanimni himoyasiga tursam, dushman
sifatida koʻrsatishmoqda. Albatta, ularga dushmanman, lekin xalqimga dushman
sifatida, bandit sifatida koʻrsata boshladi. Keyingi jarayonga qaraydigan boʻlsak,
mana Qatagʻon qurbonlari muzeyida ramziy bir qabr turibdi. Endi buni ochiq aytish
kerak. U erda oʻsha bechoralarning oʻziga qazdirib, otib tashlanmagan, odam
koʻmilmagan joyi qolmagan. Barcha shahidlarning qabri oʻsha joy. Qanchadan-qancha
begunoh ulamolarimiz, olimlarimiz, shoirlar-u yozuvchilar, hattoki baʻʻzi
maʻʻlumotlarga koʻra, milliy ozodlik harakati ishtirokchisi Ibrohim Laqay ham shu
erga olib kelinib, shu
erda otilgan. Tarix nima uchun yolgʻon gapiradi, kim uchun yogʻon gapiradi?
Qarang, Sovet darida Amir Temurni qonxoʻr qilib koʻrsatish nima
uchun kerak edi? Chunki Stalinning
qonxoʻrligini bosish uchun, berkitish uchun. Kallalardan minoralar qurdirdi yoki
boshqa gaplar bilan odamlarni qoʻrqitib, odamlarning miyasini monipulatsiya qilib,
bu erda Stalinning koʻzimiz oldida qilayotgan ishlarini haspoʻshlash uchun yolgʻon tarix
yozildi. Keyingi tarixga qaraydigan boʻlsak, koʻzimiz ochiladigan davrga kelib yana
yolgʻon tarixlar va soxtaliklar boshlandi. 1960-70 yillarda Leonid Ilʻich Brejnev,
Yuriy Vladimirovich Andropovlar kelib, “oʻzbek ishi” ni boshladilar. Boshqa davlat,
boshqa millatlarda oʻgʻrilik yoʻqmidi? Boshqa joyda korruptsiya yoʻqmidi? Aynan
Oʻzbekistondan boshladi. 30 mingga yaqin odam qamaldi, bor-budi tortib olindi.
Oqibatda, oʻzbek yana aybdor, hammani, hatto armiyada yurgan askar bolalarimizni
ruslar oʻldira boshladi. Bizga “Sen
poraxoʻr millat, oʻgʻri millat” degan nom olib keldi. Bu ham tarix. Endi biz buni,
yoʻq kecha oʻtib ketdi, deb beeʻʻtiborlik qilmasligimiz kerak. Kecha oʻtib ketmadi. Bu
har kuni boʻlishi mumkin. Davlat bor joyda tarix boʻladi, davlat bor joyda hudud
boʻladi, davlat bor joyda ehtiyotkorlik kerak boʻladi. Davlat bor joyda xavf
boʻlai. Ikkinchi davlat bosib olishi yoki ikkinchi bir davlat qandaydir xurujlar
bilan oʻzining taʻʻsirini oʻtkazmoqchi boʻladi. Bu davlatchilikda bor narsa. Biz buni
har bitta oʻzbek bolasi bilishi kerak.
Shuhrat Barlos,
tarixchi