07.05.2024 16:40

Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida otishma roʻy berdi


Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida qurol qoʻllash bilan bogʻliq hodisa sodir boʻlgani xabar qilindi. Qirgʻiziston tomonining maʻʻlum qilishicha, tojik choʻponlari chegaradan 250-300 metrgacha ichkariga kirib ketgan va qirgʻiz chegarachilarining talablariga boʻysunmay, ularga tosh otgan. Qirgʻiziston chegarachilari orasida qurbonlar yoʻq. Tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan yaralangan.
7 may kuni davlat chegarasining Qirgʻiziston-Tojikiston uchastkasida oʻqotar qurol qoʻllash bilan bogʻliq hodisa yuz berdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Chegara xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, soat 12:20 da Qirgʻizistonning Botken viloyati, Leylek tumani, Oq-Bosogʻo qishlogʻi yaqinida Qirgʻiziston chegarachisi Tojikiston fuqarolari – davlat chegara chizigʻidan 250-300 m masofada Qirgʻiziston hududida mol boqib yurgan choʻponlarni payqab qoladi.
“Tojikiston fuqarolari chegarachilarning Qirgʻiziston hududini tark etish talabiga eʻʻtibor bermay, qoʻshimcha ravishda harbiy xizmatchilarga tosh otishni boshladilar”, — deyiladi xabarda.
Choʻponlardan biri Qirgʻiziston chegarachisi tomon 2-3 marta oʻq uzgan.
Vaziyat keskinlashuvining oldini olish maqsadida chegarachilar havoga ogohlantiruvchi oʻq uzgan, shundan soʻng choʻponlar Tojikiston hududiga qochib ketishgan. Qirgʻiziston chegarachilari orasida qurbonlar yoʻq.
Tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan yaralangan, deb yozadi AKIpress.

Mavzuga aloqador