Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Oʻzbekistonga tashrifi ajdodlar diyorida ekani uchun qulaylik hissi bilan kechayotganini maʻʻlum qildi. U Turk dunyosining birligi va rivojlanishi tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishini taʻʻkidladi. “Turk dunyosining salohiyati, jumladan inson resurslari va tabiiy boyliklari, chuqur tarixiy va madaniy aloqalari kelajakda yangi kuch markaziga aylanishiga imkon beradi”, - dedi Kurtulmush.
Bugun, 23 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi qalbda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin tomon yoʻlga chiqishdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 may kuni rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Afgʻoniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yogʻ va boshqa mahsulotlar bor. Afgʻoniston shimolida may oyi boshida kuchli yomgʻirlar sababli suv toshqinlari yuz berib, yuzlab kishi halok boʻlgandi. Hodisadan eng koʻp Bagʻlon viloyati zarar koʻrgan.
Qosim-Jomart Toqaev Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.
Qozogʻiston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima toʻlamagan Oʻzbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozogʻiston va Rossiya maʻʻmuriy va jinoiy ishlar boʻyicha qarorlarni oʻzaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.
Oʻzbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, «Halol» sertifikatlashtirish, sunʻʻiy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi boʻyicha «Umra plyus» dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Prezident Oʻzbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.
Uzbekistan Airways «Haj-2024» dasturi doirasida 124 ta charter yoʻlovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda roʻyxatdan oʻtish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafgʻon temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afgʻoniston TIV.