17.05.2024 07:26

Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafgʻon temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afgʻoniston TIV.

 

Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 12 may kuni Afgʻonistonga tashrif buyurib, tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar qildi Afgʻoniston TIV.

Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, Transport vazirligi rahbari bu safar unga «xususiy sektor, temiryoʻl, geologiya va togʻ-kon sanoatidan kuchli texnik guruh hamrohlik qilayotganini» aytgan. Ilhom Mahkamov Shavkat Mirziyoev va Oʻzbekiston hukumati «Afgʻonistonga jiddiy eʻʻtibor qaratishini va Afgʻonistonni mintaqadagi tranzit xabga aylantirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini» qoʻshimcha qildi, deyiladi xabarda.

Transport vaziri «Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston» temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini amaliy ishlab chiqish uchun muhandislar jamoasi bilan kelganini aytgan. Bir necha haftadan soʻng yana bir Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonga afgʻon temiryoʻli qurilishi uchun uskunalar olib kelishi kutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekistonning geologiya va togʻ-kon texnik guruhi Afgʻoniston Kon va neftʻ vazirligining neftʻ va gazni qidirish va qazib olish boʻyicha masʻʻul xodimlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Ilhom Mahkamov, taʻʻkidlanishicha, Afgʻoniston va Oʻzbekiston oʻrtasida kechayu-kunduz bojxona va chegara xizmatlarini koʻrsatishga tayyorligini bildirgan, shuningdek, transport va tranzit tariflari pasaytirilganini eslatgan.

 Amir Xon Mottakiy afgʻon tadbirkorlari va haydovchilari uchun viza berishni soddalashtirish boʻyicha erishilgan yutuqlar «oldinga qoʻyilgan yaxshi qadam» ekanini taʻʻkidlab, afgʻonlar uchun taʻʻlim, tibbiyot va sayyohlik maqsadlarida vizalar berishni kengaytirish zarurligini qoʻshimcha qilgan.

Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Oʻzbekistonda afgʻonistonlik biznesmenlar va haydovchilar uchun uzoq muddatli vizalar, shuningdek, taʻʻlim, tibbiyot va turizm uchun vizalar berish ustida ish olib borilayotganini maʻʻlum qilgan.

TIV maʻʻlumotlariga koʻra, u yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq koʻmir sotib olish uchun texnik guruh kelishini taʻʻkidlagan. Shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom al-Buxoriy madrasasi qurilishini boshlash uchun muhandislar kelishi rejalashtirilgan.

Prezidentning maxsus vakili Oʻzbekiston Afgʻoniston Axborot va madaniyat vazirligi bilan tarixiy maskanlar va ziyoratgohlarni qurish va rekonstruktsiya qilishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Delegatsiya Afgʻoniston bosh vazirining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mavlaviy Abdul Kabir va ushbu mamlakatning boshqa rasmiy vakillari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda joriy yilda koʻmir qazib olishni 8 million tonnaga (oʻtgan yili bu koʻrsatkich 6,5 million tonna edi), kelasi yili esa 10 million tonnaga etkazish rejalashtirilgan. Rejalar 13 may kuni prezidentga taqdimot qilindi. U sohaga xalqaro standartlarni joriy etish, koʻmir sifatini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Mart oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afgʻoniston rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazgandi. Ular Afgʻonistonda savdo, tranzit, investitsiyani rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga toʻxtalgan

Mavzuga aloqador