Shavkat Mirziyoev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishda IIV va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin boʻlgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan taʻʻsirchan choralarni koʻrishni topshirdi.
Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz Oʻzbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdoning 10 foizi ShUAR hissasiga toʻgʻri kelishi, ushbu hudud bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 mlrd dollarni tashkil etishi maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov vazir etib tayinlanganidan buyon ilk bor Afgʻonistonga tashrif buyurib, “Tolibon” harakatining bir qancha yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, jumladan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalarini koʻrib chiqdi.
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 100 mln dollarlik «Murobaha» moliyalashtirish bitimi hamda agentlik kelishuvini imzoladi. Mablagʻ oziq-ovqat xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida 24 oygacha boʻlgan muddatga ikki transhda ajratiladi.
Qozogʻiston sinov loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirmoqchi. Unga koʻra, 1 apreldan bir qancha nazorat-oʻtkazish punktlarida “uchinchi mamlakatlarga/uchinchi davlatlarga” turidagi ruxsatnomalar elektron shaklda beriladi.
Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 1650 kilometrlik umumiy chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar davom ettirildi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Suhbat chogʻida, jumladan, suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston Bishkek IESdagi avariya boʻyicha Qirgʻizistonga yordam berishini maʻʻlum qildi. Jumladan, Oʻzbekiston Oʻshga suyultirilgan gaz ballonlarini etkazib berdi.
Qozogʻistonda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokida «Birlestik» oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
Mintaqada toʻsatdan paydo boʻlgan bozorni Oʻzbekiston birinchilar boʻlib toʻgʻri baholadi va bu imkoniyatni qoʻldan chiqarmadi.