Qosim-Jomart Toqaev Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Oʻzbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy sayti xabar berdi.

«Davlat rahbari «Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida»gi Qozogʻiston Respublikasi qonunini imzoladi», — deyiladi Akorda xabarida.

25 aprelʻ kuni Qozogʻiston Senati deputatlari ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilgandi.

Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabrʻ kuni Toshkent shahrida imzolangan. 2023 yil 30 noyabrda prezident shartnomani ratifikatsiya qilgandi.

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boʻlib, xalqaro maydonda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.

Shartnoma shartlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, shu jumladan, xavfsizlikka oid yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida tashqi siyosat, mudofaa, xavfsizlik sohalari, qurol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarida yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

Mavzuga aloqador