23.05.2024 07:10

Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Turkiya parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi yuksak bosqichi, barcha darajada faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan taʻʻkidlandi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiya koʻrsatkichlari oʻsmoqda, qoʻshma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Ikki mamlakatda qoʻshma madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston va Turkiya qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligi kun tartibini shakllantirishda va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni taʻʻminlashda doʻstlik guruhlari va tegishli qoʻmitalarning faol ishtiroki muhim ekani taʻʻkidlandi.

Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va taʻʻlim almashinuvlarini ragʻbatlantirishga alohida eʻʻtibor qaratildi.

Xalqaro tuzilmalar, xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Mavzuga aloqador