20.05.2024 10:39
Oʻzbekiston prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4233).
Maktubda, jumladan, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʻʻkidlanadi.
Davlatimiz rahbari doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʻʻzolari va yaqinlariga chuqur taʻʻziya izhor etdi.