23.05.2024 09:49

Oʻzbekistonlik ilk ziyoratchilar haj safariga joʻnab ketdi





 Boʻlgʻusi hojilarni kuzatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Sodiqjon Toshboev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam boʻlishdi. 

Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yoʻl olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sogʻ-salomat qaytib kelishlarini soʻrab xayrli duolar qildilar.

Maʻʻlumot uchun, joriy yilning 23 maydan 7 iyunʻ kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali hojilarni Madina shahriga yuborish hamda 22 iyundan 12 iyulga qadar Jidda shahridan Oʻzbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.

Ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan
5 yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasida, Makka shahrida esa “Abraj al-Dana”, “Al-Ayam Elite”, “Dali Hotel”, “Najma Al-Saad”, “Open Hotel”, “Shueae Nozha Hotel”, “Ayed Al-Saha” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar.

Haj mavsumida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish, ibodatlarni emin-erkin hamda toʻla-toʻkis amalga oshirishlari uchun yuqori malakali Ishchi guruhi, shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi.

Mavzuga aloqador