Germaniya hukumati qochqin maqomini olish huquqiga ega boʻlmagan afgʻonlarni Tolibon bilan toʻgʻridan toʻgʻri kelishuvlarsiz ortga qaytarmoqchi. "Spiegel" jurnalining yozishicha, afgʻonlar Toshkentdan Kam Air xususiy aviakompaniyasi orqali Kobulga etkazilishi mumkin. Maʻʻlumot uchun, Germaniyada boshpana olish huquqiga ega boʻlmagan muhojirlarni chiqarib yuborish masalasi afgʻon fuqarosi Mangeymda Islomni tanqid qiluvchi tashkilot mitingiga hujum qilganidan keyin yana kun tartibiga qaytgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Shavkat Mirziyoevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirladi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Oʻzbekiston TIV AQSh prezidenti Jo Bayden eʻʻlon qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga munosabat bildirdi. Unda Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekani taʻʻkidlangan. “AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz», — dedi vazirlik vakili.
Qatar Airways aviakompaniyasi 2 iyundan Doxa – Toshkent yoʻnalishida doimiy parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Qatnovlar haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelgusida parvozlar chastotasini oshirish hamda Samarqand va Buxoroga ham reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
2024 yil 1 yanvarʻ holatiga koʻra, Oʻzbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga oʻsib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar oʻrniga), 34,9 mlrd dollarga etdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. Oʻtgan yili davlat qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlari keskin ortdi.
Oʻzbekiston va Rossiya delegatsiyalari oʻrtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stantsiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga oʻtish siyosatini tasdiqladilar.
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi boʻyicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. «Rosatom» uchun bu shu turdagi stantsiya qurish boʻyicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. «Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan», — deyiladi rasmiy xabarda.
25-27 may kunlari Rossiyaning Ingushetiya mintaqasida Qurʻʻoni karimni tajvidli oʻqish buyicha II-xalkaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan "Hidoya" oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi Abbosxon qori Obidov Saidmurod oʻgʻli 3-oʻringa savozor boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev kutib oldi.