Xalqaro hayot
Amerika mahluqi: Qanday qilib afgʻon generali AQSh koʻmagida qotilliklarni amalga oshirgan?
The New York Times oʻtkazgan tekshiruvlarda afgʻon generali Abdul Roziq AQSh bergan cheksiz vakolatlardan foydalangan holda minglab mahalliy aholi vakillarini oʻgʻirlagani, qiynagani va sudsiz qatl qilgani maʻʻlum boʻldi. Nashrning yozishicha, u Qandahor viloyati politsiyasiga rahbarlik qilgan davrda “Amerika mahluqi” laqabini olgan.
Davomini o'qish...95123.05.2024 11:54Oʻzbekistonlik ilk ziyoratchilar haj safariga joʻnab ketdi
Bugun, 23 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi qalbda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin tomon yoʻlga chiqishdi.
Davomini o'qish...85423.05.2024 09:49Koreyalik estrada xonandasi bir necha hafta ichida masjid qurdi
Islom dinini qabul qilgan taniqli koreyalik estrada xonandasi va Youtuber Daud Kim 2019 yilda islomofob mahalliy aholining qarshiliklariga qaramay, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida masjidni tezda qurishga muvaffaq boʻldi.
Davomini o'qish...130223.05.2024 08:13Bombalanayotgan Gʻazo: 229-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 229 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...72222.05.2024 13:30Irlandiya ham Falastin mustaqilligini tan oldi
Norvegiya ortidan darhol Irlandiya ham Falastin davlatini rasman tan olganini eʻʻlon qildi. Ular ortidan Ispaniya bormoqda – bu haqdagi qarori 28 maydan kuchga kiradi.
Davomini o'qish...77522.05.2024 10:43Norvegiya Falastinni tan oldi
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiya Falastin davlatini tan olganini eʻʻlon qildi. Irlandiya va Ispaniya bugun, 22 may kuni Falastinni tan oluvchi davlatlar qatoriga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini maʻʻlum qilishdi. Hozirgacha Evropa Ittifoqining 9 davlati Falastinni tan olgan.
Davomini o'qish...82822.05.2024 10:091300 isroillik olim Gʻazoni qoʻllab-quvvatlagan bayonot bilan chiqdi
Isroil boʻylab 1300 olim "urushni davom ettirishning foydalari aniq emas" deb bayonot tarqatgan. Taʻʻkidlanishicha, oʻz-oʻzini himoya qilish huquqi haqiqiy boʻlmagan maqsad yoki etakchilarning siyosiy omon qolishi uchun urushni davom ettirish huquqini bermaydi.
Davomini o'qish...82922.05.2024 08:26Vaqtinchalik port orqali Gʻazoga 569 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami etkazildi
Port anklavga insonparvarlik yordamini koʻpaytirish va Falastin xalqining muhim ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtinchalik echimdir, deydi AQSh Markaziy qoʻmondonligi. Taʻʻkidlanishicha, port Gʻazoga etkaziladigan yordam hajmini oshiradi. Kuniga 150 yuk mashinasigacha gumanitar yordam va ikki million ovqat etkazib berilishi mumkin, bu esa hududning 2,3 million aholisini oziqlantirish uchun etadi.
Davomini o'qish...78222.05.2024 07:00Eronning yuqori amaldorlari bitta vertolyotda: Parvoz protokollariga rioya qilinganmi?
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotdan koʻz yumgan vertolyot halokati koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa qanday va nima sababdan sodir boʻlgani haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, parvoz protokollariga toʻliq amal qilinmagan.
Davomini o'qish...97921.05.2024 19:25Politico: AQSh Eron Vashingtonni Raisiy oʻlimiga aloqadorlikda ayblashidan choʻchidi
Politico nashri AQSh maʻʻmuriyati Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot halokatida Tehron Vashingtonni ayblashidan choʻchigari, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini diqqat bilan kuzatganini yozdi. Shuningdek, Oq uy mazkur halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi mumkinligi haqida savollar bergan.
Davomini o'qish...93921.05.2024 18:20