Xalqaro hayot
Xalqaro sud Isroilga Gʻazodagi harbiy tajovuzni darhol toʻxtatishni buyurdi
Xalqaro sud Isroilga harbiy tajovuzlarni darhol toʻxtatish hamda Gʻazo sektoridagi asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlariga toʻsiqsiz etib borishni taʻʻminlash uchun “Rafah” chegara postini ochiq qoldirishni topshirdi.
Davomini o'qish...75524.05.2024 17:40Putin Amerika mol-mulklarini musodara qilishga ruxsat berdi
Vladimir Putin AQShning Rossiyadagi aktivlarini musodara qilishga ruxsat berdi. Endilikda Rossiya sudlari Rossiyaning AQShdagi aktivlarini musodara qilish natijasida etkazilgan zararni qoplash uchun mamlakatda joylashgan Amerika mulkini tasarruf etishi mumkin boʻladi.
Davomini o'qish...90424.05.2024 15:45“MDH davlatlari munosabatlariga putur etkazish”. Bortnikov - “Krokus Siti Xoll” fojiasidan maqsad haqida
FSB rahbari Aleksandr Bortnikov “Krokus Siti Xoll”da qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlardan biri MDH davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazish ekanini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, ushbu teraktga buyurtma berganlar diniy va milliy omillardan foydalangan.
Davomini o'qish...82524.05.2024 14:46Fatvo: Isroil va Amerika tovarlarini boykot qilish vojib!
Dunyoning koʻzga koʻringan ulamolari kelishgan holda Isroil va Amerika tovarlarini boykot qilish vojibligi toʻgʻrisida fatvo berdi. Fatvoda, jumladan, shunday deyiladi: Amerika mahsulotlarini sotib olish orqali uning rivojiga hissa qoʻshish ham Isroil mahsulotlarini sotib olish kabi taqiqlanadi. Bugun Amerika ikkinchi Isroildir! Agar AQShning sionistik tashkilotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va tarafkashligi boʻlmaganida, Isroil mintaqada tajovuzni davom ettira olmagan boʻlardi. Amerikaning mablagʻi, qudrati va «veto»si koʻmagida Isroil xohlagan ishini qilmoqda. Muqobili boʻlaturib, Isroil yoki Amerika mahsuotlarini sotib oladigan har bir musulmon harom ishga, ochiq-oydin gunohga qoʻl urgan, Alloh huzurida baxtsizlik, odamlar orasida esa sharmandalilik yukini zimmasiga olgan boʻladi.
Davomini o'qish...422324.05.2024 14:28Bombalanayotgan Gʻazo: 231-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 231 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...81424.05.2024 13:10Germaniya Netanyaxuni hibsga olishga tayyor
Germaniya Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuni Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) Gʻazo sektoridagi oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan qonli urushdagi jinoyatlari uchun hibsga olish uchun order berganidan keyin Germaniya hududiga kelsa, hibsga olishini bildirdi.
Davomini o'qish...87824.05.2024 11:17BMT 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan oldi
BMT Bosh Assambleyasi 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan olish va 11 iyulni Bosniyalik musulmonlar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bosniya serblari qoʻshinlari BMT tomonidan “xavfsiz hudud” deb belgilangan Srebrenitsaga hujum qilganidan soʻng boshlangan genotsidda 8000 dan ortiq bosniyalik halok boʻldi. Ularning jasadlari mamlakatning 570 ta turli hududidan topilgan va qidiruv ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.
Davomini o'qish...99124.05.2024 10:13Angliyada hijobli musulmon ayol mer boʻldi
Angliyada birinchi marta musulmon ayol Sandvell qishlogʻi meri lavozimini egalladi, deb yozadi IslamNews YahooNews’ga tayanib. Kengash aʻʻzosi Saida Xatun 2024-25 yillarda Sandvell meri lavozimini egalladi, uning qasamyod qilish marosimi shu hafta boshida boʻlib oʻtdi.
Davomini o'qish...110024.05.2024 09:19Kolumbiya Falastinda elchixonasini ochdi
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Luis Murilyoning soʻzlariga koʻra, Falastinda elchixonasini ochish prezident Gustavo Petro boʻyrugʻiga asosan amalga oshirildi. Tadbir Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlatligini tan olgan kunning oʻzida boʻlib oʻtdi.
Davomini o'qish...96223.05.2024 14:30Bombalanayotgan Gʻazo: 230-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 230 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...86123.05.2024 13:30