22.05.2024 13:30
723

Bombalanayotgan Gʻazo: 229-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 229 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Jabaliya, Rafah, Nusayrat lageri va az-Zavaida shahriga shiddatli hujumlar uyushtirdi. Oʻnlab qurbonlar va yaradorlar. Urush boshlanganidan buyon 35 647 kishi shahid boʻldi, 79 852 kishi yaralandi.

 

Gʻarbiy Sohilda Jeninga ishgʻol hujumi natijasida 8 Falastinlik shahid boʻldi, 21 nafari yaralandi. Jenin qarshilik kuchlari ishgʻol uskunalarini yoʻq qildi.

 

Al-Qassam brigadalari: Bizning jangchilarimiz Rafah hududida kamida 10 nafar bosqinchini yoʻq qildi, 3 ta ishgʻol bulʻdozerini yoʻq qildi va EVO MAX dronini urib tushirdi.

 

The Guardian: Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya bugun bir vaqtda Falastin davlatini tan olish rejalarini eʻʻlon qilmoqchi.

 

Bosqinchilar Gʻazo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasiga hujum qilishdi. Yuzlab koʻchirilgan odamlar va bemorlar shifoxonani tark etishdi.

 

Bosqinchilar tomonidan qamalda qolgan Al-Auda kasalxonasida 170 nafar shifokor va bemorlar toʻsib qoʻyilgan. Kecha ishgʻol snayperlari binoga qarata oʻt ochgan.

 

️Politico: Bayden maʻʻmuriyati Isroil urushda magʻlub boʻlishidan qoʻrqadi. AQSh Xamasning minglab jangchilarni urushda qatnashish uchun yollash qobiliyatidan xavotirda.

 

UNRVA Isroilning shaharga hujumlari va oziq-ovqat tanqisligi sababli Rafahda oziq-ovqat tarqatishni toʻxtatdi.

Mavzuga aloqador