23.05.2024 11:54
952
Amerika mahluqi: Qanday qilib afgʻon generali AQSh koʻmagida qotilliklarni amalga oshirgan?
Amerika mahluqi: Qanday qilib afgʻon generali AQSh koʻmagida qotilliklarni amalga oshirgan?
The New York Times oʻtkazgan tekshiruvlarda afgʻon generali Abdul Roziq AQSh bergan cheksiz vakolatlardan foydalangan holda minglab mahalliy aholi vakillarini oʻgʻirlagani, qiynagani va sudsiz qatl qilgani maʻʻlum boʻldi. Nashrning yozishicha, u Qandahor viloyati politsiyasiga rahbarlik qilgan davrda “Amerika mahluqi” laqabini olgan.
AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Afgʻonistonning eng qudratli mahalliy harbiy zobitlaridan biri boʻlgan general Abdul Roziq afgʻon tinch fuqarolarini oʻgʻirlash, qiynoqlar va sudsiz oʻldirishni amalga oshirgan. Bu haqda tekshiruv oʻtkazgan The New York Times xabar bermoqda.
AQSh koʻmagida Abdul Roziq Qandahor viloyati politsiyasi boshligʻi etib tayinlandi. Shunday qilib, uning qoʻmondonligi ostidagi xavfsizlik kuchlari haddan tashqari foydalanish uchun toʻliq kart-blansh (cheklanmagan vakolat) oldi.
Nashrning yozishicha, u rahbarlik davrida politsiyani "hech qanday cheklovlarsiz qoʻrqinchli jangovar kuch"ga aylantirgan: uning zobitlari yuzlab, balki minglab odamlarni yashirin qamoqxonalarda oʻldirish yoki qiynoqqa solish uchun oʻgʻirlab ketishgan.
Amerika qoʻmondonligi tomonidan berilgan barcha sharaflarga qaramay, koʻp afgʻonlar Abdul Roziq faqat “tinch aholiga qarshi AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shafqatsiz kampaniya” olib borganiga ishonishadi.
Natijada u "Amerika yirtqich hayvoni" laqabini oldi, shuningdek, Qandahor aholisini begonalashtirib, Amerika kontingentini obroʻsizlantirdi va odamlarni Tolibonni qoʻllab-quvvatlashga undadi.
Eslatib oʻtamiz, Abdul Roziq 2018 yilning 18 oktyabrʻ kuni sodir etilgan hujumda halok boʻlgan edi. Hujum uchun javobgarlikni Tolibon oʻz zimmasiga oldi.