Xalqaro sud Isroilga Gʻazodagi harbiy tajovuzni darhol toʻxtatishni buyurdi
Xalqaro sud Isroilga harbiy tajovuzlarni darhol toʻxtatish hamda Gʻazo sektoridagi asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlariga toʻsiqsiz etib borishni taʻʻminlash uchun “Rafah” chegara postini ochiq qoldirishni topshirdi.
Isroilning
davom etayotgan tajovuzi tufayli Gʻazodagi gumanitar vaziyat ogʻirlashar ekan,
qoʻshimcha vaqtinchalik choralar koʻrish zarur. Bu haqda Xalqaro sudning Gʻazo
sektorida gumon qilinayotgan genotsid boʻyicha JAR qoʻzgʻatgan ish doirasida
chiqarilgan qarorida aytiladi.
Xalqaro
sud Isroilga harbiy tajovuzni va "falastinliklarning qisman yoʻq qilinishiga
olib kelishi mumkin boʻlgan" yashash sharoitlarini yaratishga olib keladigan barcha
harakatlarni darhol toʻxtatishni buyurdi.
Hukmga
koʻra, Isroil Falastin anklavidagi asosiy xizmatlar va insonparvarlik
yordamlariga toʻsiqsiz kirishni taʻʻminlash uchun Gʻazo sektori va Misr oʻrtasidagi
chegarada joylashgan “Rafah” punktini ochiq qoldirishi kerak.