Xalqaro hayot

  • Birinchi marta Evropa davlati Isroilga qarshi sudga qoʻshildi

    Ispaniya Janubiy Afrikaning Gʻazo sektoridagi genotsid boʻyicha Xalqaro sudda Isroilga qarshi daʻʻvosiga qoʻshildi. U Gʻazo sektoridagi genotsidni toʻxtatish uchun zudlik bilan chora koʻrishga chaqirdi.

    Davomini o'qish...
    860
    06.06.2024 13:09
  • Gʻazodagi voqealar urush emas, tinch aholining butunlay yoʻq qilinishidir - Putin

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin etakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda Gʻazodagi vaziyat haqida toʻxtalib, u erda boʻlayotgan voqealarni urush emas, balki tinch aholining butunlay yoʻq qilinishi deb atadi. Shu bilan birga, Rossiya etakchisi HAMASning harakatlarini qoʻporuvchilik sifatida baholadi.

    Davomini o'qish...
    896
    06.06.2024 11:35
  • Oʻzbekiston Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha AQSh tashabbusini maqulladi

    Oʻzbekiston TIV AQSh prezidenti Jo Bayden eʻʻlon qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga munosabat bildirdi. Unda Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekani taʻʻkidlangan. “AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz», — dedi vazirlik vakili.

    Davomini o'qish...
    873
    06.06.2024 09:55
  • Isroil va Livan urush yoqasidami?

    Isroil hukumati Livan bilan frontda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keskinlashuvga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshimcha 50 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar chaqiruvini maʻʻqulladi. Faol zaxiradagi askarlarning umumiy soni shimolda Livan bilan ehtimoliy janglarga tayyorgarlik koʻrish uchun 300 ming nafardan 350 minggacha koʻtarildi. Livan bilan chegarada Isroil harbiy kuchlari soni ortib bormoqda.

    Davomini o'qish...
    902
    06.06.2024 08:34
  • Rohinjalar oʻz vatanida yana xavf ostida! Ularni unutmaslik kerak

    Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi musulmonlar dunyodagi eng koʻp taʻʻqib qilinadigan va kamsitiladigan guruhlardan biri boʻlib qolmoqda. Ular 2012 va 2017 yillarda Mʻyanma harbiy xuntasi tomonidan uyushtirilgan genotsid qurboni boʻlib, keyinchalik Bangladesh kabi davlatlarga zoʻravonliklardan qutulish uchun ketgan qochqinlar sifatida xalqaro diqqat markaziga aylandi. 1,2 milliondan ortiq Rohinja musulmonlari ayni damda Mʻyanmadan tashqarida istiqomat qilishadi, bu esa ularni dunyodagi fuqaroligi mavjud boʻlmagan eng katta guruhlardan biriga aylantiradi.

    Davomini o'qish...
    885
    05.06.2024 18:01
  • AQShda Isroilni tanqid qilgan 123 yoshli jurnal sayti yopildi

    Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi. Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.

    Davomini o'qish...
    766
    05.06.2024 16:47
  • Gruziya bir jinsli nikohni taqiqlamoqchi

    Gruziya parlamenti bir jinsli nikohlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻz jinsini oʻzgartirgan yoki noanaʻʻnaviy yoʻnalishga ega shaxslarga bola asrab olish, jinsni oʻzgartirish boʻyicha tibbiy muolajalarni oʻtkazish va "LGBT tashviqoti" kabilarni taqiqlashni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda. Hujjatning uzil-kesil kuzda qabul qilinishi kutilmoqda.

    Davomini o'qish...
    637
    05.06.2024 16:15
  • AQShda Isroilni tanqid qilgan 123 yoshli jurnal sayti yopildi

    Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi. Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.

    Davomini o'qish...
    863
    05.06.2024 16:13
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 243-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 243 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    800
    05.06.2024 13:30
  • Sloveniya parlamentida Falastin bayrogʻi koʻtarildi

    Sloveniya parlamenti Falastin davlatini tan oldi, qaror ortidan parlament binosi qarshisida ushbu davlat bayrogʻi koʻtarildi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon tarixiy kunni boshdan kechirayotganlari, Sloveniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olgan 147-davlat boʻlganini qayd etdi.

    Davomini o'qish...
    755
    05.06.2024 10:10