AQShda Isroilni tanqid qilgan 123 yoshli jurnal sayti yopildi
Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi
Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.
AQShdagi Columbia Law Review yuridik jurnalining sayti Kolumbiya universiteti talabalari tomonidan tahrirlangan Isroilni genotsidda tanqid qiluvchi va ayblovchi maqola eʻʻlon qilinganidan keyin oʻchirib qoʻyildi.
Jurnal muharrirlarining xabar berishicha, universitet direktorlar kengashi Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Nakba haqidagi maqolasi chop etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularga bosim oʻtkazgan.
Maqola eʻʻlon qilinganidan soʻng Kolumbiya universiteti direktorlar kengashi aʻʻzolari - yuridik fakulʻtet oʻqituvchilari va bitiruvchilari jurnal saytini oʻchirishga qaror qilishdi.
Universitet direktorlar kengashi tahririyatga maktub yoʻllab, “Nakbaga huquqiy tushuncha sifatida” va “Huquqni koʻrib chiqish” maqolalarini qayta koʻrib chiqish jarayonidan oʻtmagani, xususan, baʻʻzi muharrirlar xabardor emasligidan xavotir bildirgan.
“Biz muharrirlar maqolani qayta koʻrib chiqib hal qilishlari uchun jurnal saytini vaqtincha toʻxtatib qoʻydik”, deyiladi matnda.
Jurnal muharrirlaridan biri Sohum Palning aytishicha, kengash maqola mazmuni tufayli saytni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻchirib qoʻyishga qaror qilgan va maqola ekspert tekshiruvidan oʻtmagan degan yolgʻon daʻʻvolarni chiqargan.
Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.
The New York Times gazetasining yozishicha, seshanba oqshomidan boshlab 123 yoshli jurnal veb-saytiga tashrif buyuruvchilar faqat “Veb-sayt taʻʻmirda” degan boʻsh sahifani koʻrishgan.