06.06.2024 08:34

Isroil va Livan urush yoqasidami?

Isroil hukumati Livan bilan frontda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keskinlashuvga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshimcha 50 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar chaqiruvini maʻʻqulladi. Faol zaxiradagi askarlarning umumiy soni shimolda Livan bilan ehtimoliy janglarga tayyorgarlik koʻrish uchun 300 ming nafardan 350 minggacha koʻtarildi. Livan bilan chegarada Isroil harbiy kuchlari soni ortib bormoqda.
Isroilning turli ommaviy axborot vositalari oʻz manbalariga tayanib, yangi Isroil-Livan urushi ehtimoli nihoyatda yuqori ekanligini xabar qilmoqda. Isroil, shuningdek, Livanga ham Gʻazodagi taqdirni - er yuzidan yoʻq qilinishini vaʻʻda qilmoqda.
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxu Isroil armiyasi Livan bilan chegarada keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazishga tayyorligini maʻʻlum qildi, deb yozadi The Times of Israel.
 "Biz shimolda juda kuchli harakatlarga tayyormiz", - deya ogohlantirdi Netanyaxu Isroil-Livan chegarasi hududiga safari chogʻida.
Ushbu bayonot soʻnggi kunlarda Livandan Isroil hududini oʻt ochishlar kuchayishi fonida qilingan. 4 iyunʻ kuni muntazam oʻq uzishdan soʻng Isroil shimolida yongʻinlar boshlangani, xususan, Kiryat Shmona shahrida uylar yonib ketgani xabar qilingan edi.
 “Agar kimdir bizni ziyon koʻrganimizda jim oʻtiramiz deb oʻylasa, u jiddiy xatoga yoʻl qoʻygan boʻladi”, — deya qoʻshimcha qildi Netanyaxu.
 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Livan va Isroil chegarasida keskinlik kuchayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi va tomonlarni keskinlikni pasaytirishga chaqirdi. Bu haqda brifingda BMT rahbarining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador