05.06.2024 16:15
Gruziya bir jinsli nikohni taqiqlamoqchi
Gruziya parlamenti bir jinsli nikohlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻz jinsini oʻzgartirgan yoki noanaʻʻnaviy yoʻnalishga ega shaxslarga bola asrab olish, jinsni oʻzgartirish boʻyicha tibbiy muolajalarni oʻtkazish va "LGBT tashviqoti" kabilarni taqiqlashni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda. Hujjatning uzil-kesil kuzda qabul qilinishi kutilmoqda.
Gruziya parlamenti “Oilaviy qadriyatlar va voyaga etmaganlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari paketini koʻrib chiqmoqda. Toʻplam asosiy qonun loyihasi va amaldagi qonunlarga, jumladan, mehnat va taʻʻlim toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritilgan 18 ta oʻzgartishdan iborat.
Bu haqda qonun chiqaruvchi organ spikeri Shalva Papuashviliga tayanib, “Gruziya Online” portali xabar berdi. Portalning yozishicha, tashabbus quyidagi taqiqlarni nazarda tutadi:
Bir jinsli nikohlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Oʻz jinsini oʻzgartirgan yoki noanʻʻanaviy yoʻnalishga ega shaxslar tomonidan farzand asrab olish.
Hujjatlarda biologik jinsdan boshqa jinsni koʻrsatish. Jinsni oʻzgartirish boʻyicha tibbiy muolajalar.
Taʻʻlim muassasalarida, reklama va ommaviy axborot vositalarida "LGBT tashviqoti".
Boshqa jinsga ega boʻlgan shaxsni aniqlash, bir jinsli aloqalar yoki qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni targʻib qilishga qaratilgan ommaviy yigʻilishlar va namoyishlar.
Davlat yoki xususiy muassasalarning "odamning biologik jinsini tenglashtirishga qaratilgan" qoidalari, shu jumladan «ota» va «ona» atamalarini qoʻllashni taqiqlash.
Qonun loyihalari toʻplami parlamentning bahorgi sessiyasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqiladi va kuzda qabul qilinadi. Papuashvili barchani ushbu tashabbus muhokamasida ishtirok etishga chaqirdi.