Bombalanayotgan Gʻazo: 243-kunning asosiy voqealari
Bombalanayotgan Gʻazo: 243-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo
sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 243 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo
sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir
boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Nusayrat, Magʻozi, Bureyj qochqinlar
lagerlari, Xon Yunis va Rafah shaharlari hamda az-Zaytun viloyatiga shiddatli
hujumlar uyushtirdi. Kun davomida fashistlar 7 marta qirgʻin qilishdi, 71 kishi halok
boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 36550 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazo
qarshilik jangchilari Rafah gʻarbida bosqinchilarga hujum qildi. Dushman texnikasi
yoʻq qilindi.
▪️Gʻarbiy
Sohilda erta tongdan 700 dan ortiq koʻchmanchilar harbiylar koʻmagida Talmud
marosimlari oʻtayotgan Al-Aqso masjidiga bostirib kirishdi.
▪️Jeninda
qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan jangga kirishdi.
▪️Hizbulloh
bir kunda bosqinchilarga qarshi 10 ta amaliyot oʻtkazdi. Al-Malikiya obʻʻektidagi bir
guruh askar yoʻq qilindi, Shebaa fermasidagi Zabdin kazarmalari, Liman bataloni
va Temir gumbaz radarlariga hujum qilindi.
▪️Sloveniya
Falastinni tan oldi. "Bu Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoridagi Falastin xalqiga
umid bagʻishlaydi", dedi Sloveniya Bosh vaziri.
▪️AQSh
Kongressining Vakillar palatasi XJCga nisbatan sanktsiyalar qoʻllashga ruxsat
beruvchi qonun loyihasini maʻʻqulladi.
▪️Human Rights Watch:
Isroil harbiylarining Livan janubiga transchegaraviy hujumlarda oq fosforli
oʻq-dorilardan keng foydalanishi tinch aholini jiddiy xavf ostiga qoʻyadi.
▪️Bosqinchi
askarning intervʻyusi: Gʻazodagi janglarda qatnashgan vaqtimda 30 ta uyga kirdim,
birorta ham Masjidi Aqso surati boʻlmagan uy yoʻq edi.