05.06.2024 16:13

AQShda Isroilni tanqid qilgan 123 yoshli jurnal sayti yopildi

Hindistondagi parlament saylovlarida Modining partiyasi koʻpchilik oʻrinni yoʻqotdi
Hindistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida millatchilik siyosatini yuritayotgan bosh vazir Narendra Modining hukmron Bharatiya Janata partiyasi parlamentdagi koʻpchilik oʻrinni yoʻqotdi. Bu 2014 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Modi uchun kutilmagan zarba boʻldi. Endilikda Modi hokimiyatda qolish uchun koalitsiyadagi hamkorlar bilan muzokara olib borishga majbur. Tahlilchilarning fikricha, mamlakatda islomofobiya va millatchilik kayfiyati yanada kuchayadi.
5 iyunʻ kuni erta tongda barcha ovozlar sanab boʻlingandan soʻng, Hindiston bosh vaziri Narendra Modining hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP) parlament saylovlari natijalariga boʻlgan umidi oʻzini oqlamagani maʻʻlum boʻldi. Aksincha, butun mamlakat boʻylab hindular bosh vazirga va uning millatchilik siyosatiga qarshi chiqdi.
62 oʻrinni yoʻqotgan BJP parlamentda umumiy 240 ta oʻringa ega boʻldi, bu parlamentdagi hukmronlik uchun zarur boʻlgan 272 ta oʻrindan kam.
2014 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Modi uchun bu BJP birinchi marta mustaqil ravishda aniq koʻpchilikni qoʻlga kirita olmagani. Biroq Milliy Demokratik Alʻyans (MDA) deb nomlanuvchi siyosiy ittifoqchilari bilan birgalikda Modi koʻpchilik hukumatni shakllantirish uchun etarli boʻlgan 292 oʻrinni qoʻlga kiritishi mumkin. Shunday boʻlsa, Modi keyingi besh yil davomida ham mamlakatni boshqaradi.
Tahlilchilarning aytishicha, natijalar Hindistonning saylovdan keyingi siyosiy manzarasiga katta taʻʻsir koʻrsatadi. Xususan, ekspertlar hukumatda islomofobiya va millatchilik kayfiyati kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador