06.06.2024 09:55

Oʻzbekiston Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha AQSh tashabbusini maqulladi



Oʻzbekiston TIV AQSh prezidenti Jo Bayden eʻʻlon qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga munosabat bildirdi. Unda Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekani taʻʻkidlangan. “AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz», — dedi vazirlik vakili.


Oʻzbekiston AQSh prezidenti Jo Bayden eʻʻlon qilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejasini olqishlaydi.

«Biz Gʻazo sektorida tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari boʻlgan toʻqnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni chuqur xavotirga solmoqda.

Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori.

Shu munosabat bilan inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha xalqaro saʻʻy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz», — degan vazirlik vakili.

Vazirlik barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zoʻravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiradi. 

Iyun boshlarida Isroil AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif etilgan urushni tugatish va Gʻazo sektoridagi mojaroni hal etish rejasini qabul qildi. Reja vaziyatni yumshatishning uch bosqichi, asosan, doimiy sulh va Isroilning Falastin hududidan chiqib ketishini oʻz ichiga oladi. Rejaga koʻra, birinchi bosqich olti hafta davom etishi kerak. 
Unda toʻliq va yakuniy oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarining Gʻazo sektoridagi aholi punktlaridan olib chiqib ketilishi va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga bir qator isroillik garovga olinganlarni qaytarish kiradi.

Ikkinchi bosqich harbiy harakatlarni yakuniy toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazo sektoridan olib chiqib ketishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, bu bosqichda qolgan barcha garovga olinganlar Isroilga qaytarilishi kerak. 
Nihoyat, uchinchi bosqichda AQSh va xalqaro hamjamiyat koʻmagida mintaqani keng koʻlamli qayta qurish rejasi boshlanadi, bu esa 3-5 yil davom etadi. HAMAS tomonidan oʻldirilganlarning jasad qoldiqlari isroillik oilalarga qaytarilishi kerak.

HAMAS harakati oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqib ketish taklifini olqishlashini bildirgan.

Isroil Baydenning rejasini qayta ishlash sharti bilan qabul qilishga tayyorligini maʻʻlum qilgan.

Mavzuga aloqador