05.06.2024 18:01

Rohinjalar oʻz vatanida yana xavf ostida! Ularni unutmaslik kerak

Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi musulmonlar dunyodagi eng koʻp taʻʻqib qilinadigan va kamsitiladigan guruhlardan biri boʻlib qolmoqda. Ular 2012 va 2017 yillarda Mʻyanma harbiy xuntasi tomonidan uyushtirilgan genotsid qurboni boʻlib, keyinchalik Bangladesh kabi davlatlarga zoʻravonliklardan qutulish uchun ketgan qochqinlar sifatida xalqaro diqqat markaziga aylandi.  

1,2 milliondan ortiq Rohinja musulmonlari ayni damda Mʻyanmadan tashqarida istiqomat qilishadi, bu esa ularni dunyodagi fuqaroligi mavjud boʻlmagan eng katta guruhlardan biriga aylantiradi.

Yillar davomida fuqaroligi yoʻqligi sabab ularning ahvoli yanada ogʻirlashdi, jamiyatdan ajralib qolgan qashshoq bu jamoa insoniyatga qarshi jinoyatlari bilan mashhur, shafqatsiz harbiy xuntaning etnik tozalashidan qoʻrqib Mʻyanmaga qaytib kela olmadi. Ammo, ularni unutmaslik kerak.

Mʻyanmada qolgan 600 mingga yaqin Rohinja musulmonlari davlat avtonomiyasi uchun Tatmadov bilan jang qilayotgan buddist Rahinening manfaatlarini himoya qiluvchi etnik qurollangan guruh Arakan armiyasi (AA) tomonidan uyushitiriladigan yongʻin hujumlaridan aziyat chekmoqda. Tatmadov bu davlatni boshqaruvchi Birma harbiy xuntasi.

Oʻtgan hafta Arakan armiyasi Buthidaung shahrini egallab, hududiy nazoratni kuchaytirganini eʻʻlon qildi. Oʻz jonini saqlab qolish uchun qochayotganlarning aksariyati Rohinja aholisi boʻlib, ularning hayoti tobora tahlikada qolmoqda.

Rohinjalarga nisbatan genotsid va etnik tozalashning yaqin va yangi tahdidini hisobga olgan holda, xalqaro hamjamiyat ushbu zaif guruhni himoya qilish uchun hozirdanoq harakat qilishi lozim.

Diskriminatsiyaning kelib chiqishi

2024 yilda Mʻyanmada boʻlayotgan bu kabi hujumlar Rohinja musulmonlariga qaratilgan ilk harakat emas. Shu oydagi hujumlar yillar davomida Birma hukumati va Bamar/Buddist guruhi tomonidan Rohinja aholisiga qarshi uyushtirilgan aparteid kabi holatlar va fuqarosizlik natijasidir.

Rohinjalar asosan musulmonlardan tashkil topgan etnik guruh boʻlib, 1982 yilda hukumat ularni davlat tomonidan qonuniy tan olingan 135 ta etnik guruhdan birortasiga ham mansub emasligi sababli Birma fuqaroligidan mahrum etdi.

Aksincha, ular “bangladeshlik” deb atab kelingan. Aholi fuqaroligi va shaxsining yoʻqligi ularni tobora zaiflashtirib, tizimli ravishda nishonga olinish va kamsitilishga duchor etmoqda, bu ularni taʻʻlim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, tugʻilish huquqiga ega boʻlish va etnik zoʻravonlikdan qonuniy himoyalanish huquqlaridan mahrum etmoqda.

Mʻyanmada buddizm millatchiligini kuchaytirish maqsadida 2017 yilgi genotsid hamda 2012 yilgi qoʻzgʻalonda Rohinja musulmonlariga qarshi insonni karaxt qiladigan darajadagi qatliom uyushtirildi.

Bu Xalqaro Jinoiy Sud (XJS), Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jurnalistlar va hukumatlarning xuntani oʻz jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishga chaqirishi bilan masalani xalqaro diqqat markaziga olib chiqdi.

2017 yildagi xunrezliklardan soʻng, salkam 25 ming Rohinja halok boʻldi, 18 ming ayollar va bolalar jinsiy zoʻravonlikka uchradi, 116 mingtasi qiynoqqa solindi va 700 mingdan ortiq kishi Rakhayndan Bangladesh kabi qoʻshni davlatlarga qochib oʻtdi.


2020 yilda Xalqaro sud harbiy xuntaga Rohinjalarga qarshi genotsid xunrezliklarini oldini olishga buyruq berishiga qaramay, Mʻyanma siyosatida hukmronligini saqlagan harbiylarga totalitar va fashistik tashkilot sifatida hech qanday jinoiy ish qoʻzgʻatilmagan.

Interventsiya holati

Xalqaro hamjamiyat etnik tozalangan guruhga nisbatan adolatni tiklash bilan birga qochoq Rohinjalar masalasini ham hal qilishi kerak. 2017 yildan beri uylariga qaytolmayotgan Rohinja aholisining katta qismi Bangladesh singari davlatlarda qochoq sifatida qolmoqda.

Qochoqlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar aksar holda ayanchli ahvolda. Misol uchun, Bangladeshdagi Kutupalong lagerida Rohinja musulmonlari surunkali ocharchilik va talabga javob bermaydigan sanitar sharoitlardan aziyat chekishda davom etmoqda. Ularni oʻz uyiga qaytarishga boʻlgan har qanday harakat Mʻyanma harbiylarining qirgʻinbarot genotsidi sababli puchga chiqmoqda.

Butun dunyo Mʻyanmadagi ushbu yangi zoʻravonliklarga koʻproq eʻʻtibor qaratishi kerak, aks holda bu shundoq ham ezilgan Rohinja aholisining yana etnik tozalanishiga olib kelishi mumkin.

Joriy oy rohinjalar buddist Arakan armiyasini asosan Butidaung shahridagi  Rohinja qishloqlari, boshpanalari, uylari, kasalxonalari va maktablariga oʻt qoʻyishda aybladi, ammo Arakan armiyasi bularning barchasini rad qildi.

Biroq davlat ozodligi uchun davom etayotgan kurashda hududiy nazoratni qoʻlga kiritish istagi dastlab harbiylarning Rohinja qishloqlari aholisiga shaharni boʻshatish uchun ultimatum qoʻyishiga sabab boʻldi. Buning ortidan oʻt qoʻyish hujumlari sodir etildi, koʻplab odamlar hudud ichiga koʻchirildi va qashshoqlikda qoldi.

Huquqni Saqlash va Mʻyanma boʻyicha Maxsus maslahat kengashi kabi inson huquqlari tashkilotlari tomonidan soʻnggi zoʻravonliklar haqida ogohlantiruvchi qoʻngʻiroqlar allaqachon chalinmoqda, shuningdek, BMTning sobiq maxsus muammolarni tahlil qiluvchi guruhi 2021 yilgi harbiy toʻntarilishidan keyin davlatdagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Xalqaro sud singari tashkilotlarning harbiylar va Arakan armiyasidagi etakchilarga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatishi va ularni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi orderini eʻʻlon qilish vaqti keldi.

Javobgarlik


Xalqaro Sud  sudyalari 2019 yilda Mʻyanma harbiylari tomonidan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar boʻyicha toʻliq tergovni maʻʻqullaganini hisobga olmaganda urushdan aziyat chekkan Rohinja musulmonlariga hech qanday adolat qilinmadi. Shunday boʻlsada, hibsga olish haqida order berilmagan.

Buning sababi qisman Mʻyanmadagi harbiy rejim urush jinoyatlarini tergov qilishga xalaqit berayotganidir. Bundan tashqari, Mʻyanma xuntaga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilishiga toʻsqinlik qiladigan Rim nizomiga aʻʻzo emas.

Ammo jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olish uchun order berishning boshqa usullari mavjud.

Sodda qilib aytganda, Xalqaro Jinoiy Sudga aʻʻzo davlatlar Rim nizomining 14-moddasiga asoslanib, Mʻyanma kabi nizomning ishtirokchisi boʻlmagan davlatlarning javobgarlikka tortilishini taʻʻminlashi kerak.

14-moddadan foydalanish XJS nizomiga kirmagan rejimlarning rahbarlarini, jumladan harbiylarni hibsga olish uchun order berish va jinoiy ish qoʻzgʻatish orqali jinoiy javobgarlikka tortish uchun keng vakolat beradi.

Imkoniyat eshiklari ochiladi

Xuddi shunga oʻxshagan voqea yaqinda sodir boʻldi.

Oʻtgan hafta Xalqaro Jinoiy Sud prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Gʻazodagi genotsidga aloqador Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berdi.

Xonning taʻʻkidlashicha, XJSning Isroil harakatlari ustidan yurisdiktsiyasi Falastinlik tinch aholini ochlikdan oʻldirish va qirib tashlashni taqiqlovchi Rim nizomiga tegishli.

Insoniyatga qarshi jinoyatlarga aloqadorligini hisobga olsak, Mʻyanmadagi harbiylar ham Isroilni kutayotgan qismatga duchor boʻlishi kerak. Hibsga olish uchun orderni oldinroq Buyuk Britaniyaning Birma Rohinja kabi tashkilotlari talab qilishgandi.

Ammo, Xalqaro Jinoiy Sudning oʻzi harbiylar etakchisi Ming Aung Liang va uning safdoshlarining mazlum guruhlarga qarshi genotsidi, jumladan, qatl qilish, chaqaloqlarni oʻldirish, oʻt qoʻyish va majburan quvgʻinlar sabab ham, ularni hibsga olish uchun order berishi juda muhim.

Ilk muhim qadam

Mʻyanma yoki Isroil oʻzlarini Xalqaro Jinoyat Sudiga jinoiy ish qoʻzgʻatish uchun topshirmasligi kundek ravshan. Tatmadov ham Tel Aviv kabi xalqaro javobgarlikka tortilishni istamaydi.

Ammo, Rohinja aholisiga boʻlgan azaliy parvosizlikni hisobga olsak, Sudning muhim ish qilish imkoniyati mavjud va bu kelajakda insoniyatga qarshi jinoyatlarga beparvolarcha munosabatda boʻlmaslik uchun kafolat boʻladi.

Xunta jinoyatlarining jazosiz qolishi Rohinja aholisiga juda katta salbiy taʻʻsir koʻrsatdi.

Umuman olganda, ularga qilingan genotsidning koʻlami va 2024 yildagi - hozirgi vaziyatni zinhor unutmasligimiz kerak.

Mavzuga aloqador