-
Evropa ittifoqining 14-sanktsiyalar paketi Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur etkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar boʻlgan 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni oʻz ichiga oladi. "Qora roʻyxat"ga Rossiya korxonalaridan tashqari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kompaniyalari ham kiritilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning 3 ta – Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC kompaniyalariga nisbatan jazo choralari qoʻllanilgan.
-
Xalqaro sud G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etishda ayblangan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan yakuniy hukm e’lon qilinishini kechiktirdi. Bunga Britaniyaning ushbu masala bo'yicha Xalqaro sud yurisdiktsiyasiga qarshi arizasi sabab bo'lgan.
-
Rossiya parlamenti spikeri Vyacheslav Volodin tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning soʻzlarini tanqid qildi. Gap shundaki, u Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida yigʻilganlarga murojaat qilib, migratsiya siyosatini qattiqlashtirish borasida qachon tuzukroq qonunlar ishlab chiqilishini soʻragan. U ushbu murojaatida "Gosduma" oʻrniga "Gosudarstvennaya dura" (Hokimiyatdagi ahmoqlar maʻʻnosida) soʻzlarini ishlatgan. Maʻʻlumot uchun, yigʻilishda Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq "muhojir" aniqlangani, ulardan 10 ming nafari allaqachon frontga joʻnatilganini ham qoʻshimcha qilgandi.
-
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Yangi temir yoʻl Evroosiyo kontinental koʻprigining janubiy tarmogʻiga aylanadi va Janubi-Sharqiy, Gʻarbiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga, jumladan Turkiya va undan keyin Evropa Ittifoqiga chiqishga yoʻl ochadi.
-
Islom huquq tizimining boshqa tizimlardan farqi usulda uning Mutlaq Olim boʻlgan Zotning ilmiga asoslanganidir. Yaʻʻni, barcha ilmlarning egasi, oʻta hikmatli boʻlgan Allohning chiqargan yoʻrigʻi shubhasiz bexatodir, shubhasiz manfaatlidir.
-
Sunniy kurdlar partiyasi HÜDA-PAR Turkiya parlamentiga Isroildagi urushda qatnashayotgan mamlakat pasportiga ega barcha yahudiylarni fuqarolikdan mahrum etish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Maʻʻlum boʻlishicha, Turkiya fuqarosi boʻlgan 4 ming yahudiy nafaqat Isroilda harbiy xizmatni oʻtagan, balki Gʻazoga borib, begunoh falastinliklarni qirgʻin qilishda qatnashgan. Aniqlanishicha, ularning aksariyati ishgʻolchi davlatga Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali oʻtgan. Qotillar oʻzlarini fosh qilmaslik uchun turli ismlardan foydalangan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 265 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Oʻzbekiston va Ummon oʻrtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
-
Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin mamlakatda oʻtkazilgan reydlar davomida RF fuqaroligini olgan 30 ming muhojir (ular begonalarni fuqarolik olsa ham oʻziniki hisoblashmaydi) aniqlangani, 10 ming RF fuqaroligiga ega muhojir Ukrainadagi urushda qatnashganini maʻʻlum qildi.
-
Harbiylarning isyonidan xabar topgan Boliviya prezidenti xalqdan yordam soʻradi. Shundan soʻng tinch aholi kuch ishlatar tizimlarga qarshi norozilik bildirib, koʻchaga chiqdi. Poytaxtda harbiylar va tinch aholi oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan. Xalq bilan qarama-qarshilikka borishni istamagan armiya guruhlari oʻz pozitsiyalarini tark eta boshlagan. Bundan unumli foydalangan Boliviya maxsus operatsion kuchlari esa toʻntarish tashkilotchisi, oldinroq qoʻmondonlikdan boʻshatilgan Xuan Xose Sunigani hibsga olgan.