-
Сурия, Ироқ ва бошқа мамлакатларда қўпорувчи ташкилотларга аъзо бўлган ўзбек (тожик ва уйғурлар ҳам) жиҳодчиларининг бошқа миллат вакилларидан асосий фарқини биласизми? Улар на пул, на бошқа дунёвий манфаатлар учун жанг қилишади. Улар кўр-кўрона шаҳид бўламан, деб урушга киришади (жиҳод, шаҳидлик нима деган саволга жавоб бера олишмаса ҳам).
-
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Fahriddin Altun ilgari buni istamagan baʻʻzi davlatlar bugun Falastinni tan olishsa, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirgʻin va zulm sharoitida oʻz kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarning ham ulkan hissasi borligini taʻʻkidladi.
-
Bayrutda Arab ligasi bosh kotibi yordamchisi Husam Zaki qarshilik harakati siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad Raad bilan uchrashib, unga liga qarorini maʻʻlum qilgan. Jurnalistlar bilan suhbatda misrlik diplomat Hizbullohning Isroil bilan mojarosi kengayishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini hamda barcha tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga rioya qilishi kerakligini qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, 2016 yilda Arab ligasi Saudiya tashabbusi bilan Hizbullohni terror tashkilot deb tan olgandi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 267 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
AQSh, Isroil va Ukraina Kievga sakkiztagacha Patriot havo mudofaa tizimini etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Mutaxassislar agar havo hujumidan mudofaa tizimi Kievga topshirilsa, bu mamlakatning mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini taʻʻkidlashmoqda. Shunga qaramay, juda ehtiyotkor ishgʻolchi hukumat Isroilning Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishi uning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashishiga olib kelishidan qoʻrqyapti.
-
Oʻzbekistonliklarning qanday sabab bilan vafot etgani aniq emas. Avvalroq Saudiya rasmiylari 2024 yilgi Haj mavsumida 1300 dan ortiq odam hayotdan koʻz yumganini bildirgandi. Halok boʻlganlar orasida bir necha keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar bor. Bundan tashqari, Makkada Haj kunlarida jazirama issiq kuzatildi. Shuningdek, rasmiy hujjatlari boʻlmagan ziyoratchilar Haj yoʻnalishi boʻylab konditsioner oʻrnatilgan inshootlarga kira olmagani aytilmoqda.
-
Sobiq Isroil elchisi Deniel Karmon Hindistonga sionistlar oldidagi qarzlarini eslatib qoʻydi. Karmonning aytishicha, 1999 yilgi Hindiston va Pokiston urushi paytida Isroil hindlarni qoʻllagan kamsonli davlatlardan biri boʻlgan. Endi esa ularning qarzini toʻlash payti kelgan. Eʻʻtiborlisi, Karmonning ushbu bayonoti Hindiston Gʻazodagi begunoh falastinliklarni qirish uchun ishgʻolchilarga uchuvchisiz uchoqlar va artilleriya snaryadlarini etkazib berayotgani fonida paydo boʻldi.
-
Evropa ittifoqining 14-sanktsiyalar paketi Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur etkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar boʻlgan 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni oʻz ichiga oladi. "Qora roʻyxat"ga Rossiya korxonalaridan tashqari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kompaniyalari ham kiritilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning 3 ta – Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC kompaniyalariga nisbatan jazo choralari qoʻllanilgan.
-
Eronda bugun, 28 iyunʻ kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boʻldi. Ushbu lavozimni egallash uchun fors mamlakatida toʻrt nomzod – uch konservator va bir islohotchi kurashdi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 266 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.