29.06.2024 11:17
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Oʻzbekistonga keladi
Bugun, 29 iyunʻ kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshlaydi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u avval Oʻzbekistonga, soʻngra Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Guterrish mintaqaga 2017 yilda kelgan edi. Joriy safar 7 iyulga qadar davom etadi.
BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik juma kuni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan brifingda Guterrish har bir mamlakatda davlat rahbari va yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashishini, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha loyihalar bilan tanishishini, shuningdek, mahalliy faollar bilan muloqot qilishini aytdi.
4 iyulʻ kuni BMT bosh kotibi Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammitida ishtirok etadi. Guterrish oʻz nutqida BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan koʻp tomonlama tamoyillarga sodiqlikni yana bir bor tasdiqlash zarurligini taʻʻkidlaydi. U bu saʻʻy-harakatlarning markazida tinchlik boʻlishi kerakligini bildiradi.
BMT bosh kotibi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni geosiyosiy ziddiyatlar umumiy tahdidlarni, jumladan, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashni samarali bartaraf etishga imkon bermasligi haqida ogohlantirmoqchi.